Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida


-modda. Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish turlari



Download 47,5 Kb.
bet16/18
Sana26.02.2022
Hajmi47,5 Kb.
#465166
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Bojxona xizmati to\'g\'risida

25-modda. Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish turlari
Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog‘lig‘ini saqlash;
mehnatiga haq to‘lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug‘urtasi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
26-modda. Bojxona organlari xodimlarining va ular oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining xodimlariga, pensionyerlariga va ularning oila a’zolariga, Bojxona instituti kursantlariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatiladi.
Bojxona organlarining xodimlari va pensionyerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish, tibbiy tekshiruvni va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
27-modda. Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
Bojxona organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Bojxona organlari xodimlari pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.
28-modda. Bojxona organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan bojxona organlari xodimlari uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Bojxona organlari xizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkin.
Bojxona organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Bojxona organlari xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.

Download 47,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish