24-modda. Faoliyatning alohida turlarini amalga oshirishga doir litsenziya berilganligi
uchun davlat boji undirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan jismoniy shaxslar
davlat bojini o‘ziga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda to‘laydi.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar
davlat bojini har bir ijrochi uchun unga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda
to‘laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |