Davlat bojini to‘lovchi tomonidan davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat
namunalari, seleksiya yutuqlari huquqiy himoya qilinguniga qadar, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish
belgilari, tovarlar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, elektron hisoblash
mashinalari uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari hamda elektron hisoblash mashinalari
uchun yaratilgan dasturlardan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo‘lgan mulkiy huquqlarni
boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar to‘lanadi.
Davlat boji (patent boji) davlat bojini to‘lovchi tomonidan to‘langanligi fakti qog‘ozdagi yoki
Davlat boji (patent boji) to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatida buyurtmanoma yoki
patentning, guvohnomaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hamda davlatning boji (patent boji) to‘langan
harakatning nomi, shuningdek soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami bo‘lishi kerak.
Agar davlat ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar,
sanoat namunasi variantlari guruhiga buyurtmanoma berilganligi va ekspertiza o‘tkazilganligi uchun
belgilangan miqdordan kam miqdorda to‘langan bo‘lsa, davlat ekspertizasi davlat bojini to‘lovchi
tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud bo‘lmaganda, ixtiro, foydali model formulasida yoki
sanoat namunasi tavsifida ko‘rsatilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan
o‘tkaziladi.
Agar buyurtmanoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi davlat
ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) buyurtmanoma berilganligi hamda tovar
belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi davlat ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun belgilangan miqdordan
kam miqdorda bo‘lsa, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining davlat bojini to‘lovchi
tomonidan tanlangan sinflariga nisbatan o‘tkaziladi.
Davlat bojini to‘lovchi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan
qismi qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risidagi bildirishnomasi olingan sanadan e’tiboran uch oy ichida
zarur summani qo‘shimcha ravishda to‘lash huquqiga ega.
Davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi vakolatli organning davlat bojining
(patent bojining) yetishmayotgan qismi qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risidagi bildirishnomasi
olingan sanadan e’tiboran uch oy ichida to‘lanmagan taqdirda, ixtirolarni, foydali modellarni, sanoat
namunalarini, seleksiya yutuqlarini huquqiy himoya qilish, tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini,
tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash
mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini hamda elektron hisoblash mashinalari
uchun yaratilgan dasturlardan va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo‘lgan mulkiy huquqlarni
boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilmaydi. Bunda
davlat bojining (patent bojining) ilgari to‘langan, to‘liq bo‘lmagan miqdori qaytarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: