3-modda. Davlat boji turlari
Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday
harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun
undiriladigan majburiy to‘lovdir.
Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga
oshirganlik uchun to‘lanadigan konsullik yig‘imi;
ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga,
xizmat ko‘rsatish belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga
huquqiy muhofaza berish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun
to‘lanadigan patent boji.
Do'stlaringiz bilan baham: |