Davlat boji to‘G‘risida


-modda. Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/66
Sana16.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#378525
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Bog'liq
-4680944 2

9-modda. Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish

Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1)  da’vogarlar  —  o‘rmon  daraxtlarini  o‘zboshimchalik  bilan  kesish  hamda  o‘rmondan

foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli

o‘rmon  fondiga  yetkazilgan  zararni  undirish  to‘g‘risidagi,  o‘rmon  xo‘jaligi  daromadi  summalarini  (shu

jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani,

shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik

uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;

2)  O‘zbekiston  Respublikasi  Savdo-sanoat  palatasi  va  uning  hududiy  boshqarmalari  —  palata

a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan;

3)  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha

respublika  kengashi  hamda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  fuqarolarning




o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  hududiy  kengashlar  —

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha;

4)  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarning  jamoat  birlashmalari,  shuningdek  ularning  muassasalari,

o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha;

5)  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Pensiya

jamg‘armasining  hududiy  bo‘linmalari  —  “Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston  Respublikasi 

Qonuniga 

muvofiq  pensiyalarni  to‘lashga  ketgan  mablag‘larni  tashkilotlardan

undirib olish bo‘yicha da’volar, shu jumladan regress da’volar yuzasidan;

6) sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sug‘urta operatsiyalari

bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;



Oldingi

 tahrirga qarang.

7)  O‘zbekiston  Respublikasi  Suv  xo‘jaligi  vazirligi  va  uning  joylardagi  organlari  —  suv

to‘g‘risidagi  qonunchilikni  buzganlik  tufayli  davlatga  yetkazilgan  zararning  o‘rnini  qoplash  uchun

mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;



(9-moddaning  7-bandi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

8)  O‘zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  va

uning  joylardagi  organlari  —  atrof-muhitni  ifloslantirganlik,  tabiatdan  o‘zboshimchalik  bilan

foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini

boshqacha  tarzda  buzganlik  tufayli  tabiiy  obyektlarga  va  komplekslarga  yetkazilgan  zararning  o‘rnini

qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;

9)  O‘zbekiston  Respublikasining  Monopoliyaga  qarshi  kurashish  qo‘mitasi  va  uning  hududiy

organlari  —  o‘z  zimmasiga  yuklatilgan  vakolatlariga  muvofiq  sudlar  ko‘rib  chiqishi  uchun  kiritiladigan

da’volar bo‘yicha;

Oldingi

 tahrirga qarang.

10) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari,

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  agentligi  huzuridagi  Bo‘sh  turgan  obyektlardan

samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan

vakolatlariga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar va arizalar bo‘yicha;


Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish