Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1. Davlat yer kadastri qanday axborotlar to‘plamini o‘z ichi-
ga oladi?
2. yer kadastrining axborotlar banki qanday tarkibiy qism-
lardan iborat?
3. axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va bir tizimga keltirish
qanday guruhlarga ajratiladi?
4. texnik-axborot ta’minoti qanday tizimlarni o‘z ichiga oladi?
5. axborotlar olishning qanday usullaridan foydalaniladi?
6. yer kadastrining shakllangan axborotlar bankidan kimlar
foydalanadilar?
7. tuman yer balansi (hisoboti) nima?
5.3. Amaliy dasturlar paketi
Davlat kadastlarining yagona tizimini yaratish va doimiy ra-
vi shda yuritib borish, shuningdek, davlat yer kadastrini yuri-
tishda keyingi yillarda ilg‘or axborot texnologiyalaridan, jumla-
dan amaliy dasturlardan keng foydalanilmoqda. bunday dasturlar
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, yerlar ning
miqdor va sifat hisobini yuritish, baholash, shuningdek, yer ka-
dastri xaritalarini elektron-raqamli tarzda tayyorlash va nashr
139
qilishga imkon bermoqda. bugungi kunda yer kadastri amaliyoti-
da keng tarqalgan shunday dasturlarning ba’zi birlari bilan ta ni-
shish, bizningcha maqsadga muvofiq bo‘ladi.
mapinfo giC dasturining asosiy xususiyati uning ommabop-
ligidir, ya’ni bu tizim: grafik tasvirlarni o‘qish (ko‘rish) va ularga
qayta ishlov berish; ma’lumotlar bazasi bilan ishlash; ma’lumotlar
bazasida qidiruv ishlarini amalga oshirish, muharrirlik ishlarini
bajarish; kartografik belgilarni qurish; diagrammalarni tuzish;
kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish ishlarini bajarish im-
koniyatiga egadir.
Dasturda ma’lumotlarni tayyorlash uchun 3 xil darcha mavjud:
matnli, kartografik va grafikli. bu darchalarning barchasi faol
hisoblanadi. Dasturlarning yana bir xususiyati darchalarning bir-
birlari bilan uzviy, bevosita bog‘langanligidadir, ya’ni biron dar-
chada o‘zgarish yuz bersa, boshqa darchalarda ham shunga qa-
rab o‘zgarish bo‘ladi. agar grafik obyekt va unga mos keladigan
matnli jadval yozuvi tanlansa, u kartografik darchada yoritiladi
va aksincha, kartografik darchada tasvir tanlansa, u grafik dar-
chada ham yoritiladi.
matnli darcha qator va ustunlarga ega bo‘lgan jadval
ko‘rinishidagi elektron darchadir. uning har bir qatori ma’lum
yozuvni aks ettirib, har bir ustuni ushbu yozuv maydonini angla-
tadi. Dastur yozuvlarni qo‘shish, tahrir qilish, yo‘qotish imkoni-
ni beradi. Foydalanuvchi darchadagi kerakli ustunlarni ko‘rish
uchun tanlab olish, o‘lchamlarini o‘zgartirishi mumkin. kar-
tografik darcha boshqa ko‘pgina gislardagidek, qatlamli tas-
virlashda foydalaniladi. har bir qatlamning tavsifi foydalanuv-
chining talabidek ko‘rsatilishi, tahrir qilinishi mumkin. tashqi
kartografik darcha matn darchasi kabi jihozlangan. u boshqa
darchalarni ko‘rsatish uchun gorizontal va vertikal aylantirish
chizig‘iga egadir. grafik darchadan nuqtali, chiziqli, yuzali va
boshqa turdagi obyektlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. mar-
info dasturi hisobotlar tuzish, grafiklar va diagrammalar qu-
rish, statistik kartalar ishlab chiqishning rivojlangan vositalari-
ga ega. shunday ekan, ushbu dasturdan yer hisobini yuritish va
uning yakuniy natijasi bo‘ladigan tuman yer balanslarini (hiso-
botlarini) tuzishda, yer kadastrining raqamli elektron xaritalarini
140
yaratishda, ushbu xaritalarni davriy ravishda yangilab turi shda va
boshqa masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin.
Davlat yer kadastri, bino va inshootlar kadastri hamda geo-
deziya va kartografiya davlat kadastrini yuritishda geoaxborot
tizi mi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, xususan, respubli-
ka hududidagi aholi punktlari yerlari hamda fermer xo‘jaliklarini
zamonaviy raqamli xaritalar bilan ta’minlashda yuqoridagi das-
tur bilan bir qatorda arcgisdasturi ham muhim ahamiyatga ega-
dir.
bugungi kunda yer kadastri uchun yaratilayotgan raqamli xari-
talar arcgis dasturlarida tayyorlanmoqda. bu dasturning afzal-
liklari quyidagilardan iborat:
– yer kadastri, bino va inshootlar kadastri maqsadlari uchun
yuqori aniqlikdagi xarita va planlarni ishlab chiqish;
– yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarni turli
masshtablardagi raqamli xaritalar bilan tezkor ta’minlash;
– xarita yaratish jarayonining boshqa dasturlarga nisbatan
tezkorligi;
– ma’lumotlarni solishtirish imkoniyatlarining mavjudligi;
– markazlashgan geoaxbortlar bazasini yaratish;
– masofadan turib raqamli xaritalarni tahrirlash (internet
tarmog‘ida);
– iqtisodiy jihatdan afzalligi va vaqtni tejash imkoniyati.
shuni qayd qilish zarurki, bugungi kunda respublikamiz-
ning aksariyat tumanlarining xaritalari Oazis va panORama
dasturlarida mavjuddir. ushbu mavjud raqamli xaritalarni arc-
gis dasturiga o‘tkazish, yangilash va raqamli uslubda tayyorlash
jarayoni quyidagicha:
– Oazis va panORama dasturida yaratilgan raqamli xari-
talar maxsus dasturlar orqali shp formatiga o‘tkaziladi;
– maxsus klassifikatorlar yordamida raqamli xaritalar tema-
tik qatlamlarga ajratiladi;
– yangilanishi lozim bo‘lgan hududlar aero va kosmik uslub-
da suratga olinib, ushbu suratlardan foydalangan holda belgilan-
gan texnologiya bo‘yicha fotoplanlar tayyorlanadi;
– arcgis dasturining mDv formatida hududning raqamli
xaritalari yaratiladi.
141
ushbu dastur asosida yaratilgan bunday raqamli xaritalar qu-
yidagi qator masalalarni hal qilishda foydalaniladi:
– yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘t-
kazishda;
– bino va inshootlarning raqamli xaritalarini tuzishda;
– tuproq xaritalarini tuzishda; xo‘jalik (massiv) yerlaridan
foydalanuvchilar va kadastr xaritalarini tuzishda;
– ekinlarni yer maydonlariga joylashtirishda;
– kanallar, suv omborlari, elektr tarmoqlari, gaz quvurlarini
o‘tkazish ishlarini rejalashtirishda.
yuqoridagilardan ko‘rinadiki, arcgis dasturi bugungi kunda
yer kadastrini yuritishda muhim amaliy dasturlardan biri sifati-
da mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |