Dasturlash tili nima ekanligini tushunish uchun, boshlanishiga har ikkala atamani tushunish talab qilinadi
Agar talablar tahlili, ixtisoslashtirilgan reja va dizayn ishlab chiqish fazalari yakunidan so‘ng (2.3.1 bobga qarang, kaskad modeli) amalga oshirish fazasi doirasida dasturiy ta’minotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri «ishlab chiqarish» o‘tkazilsa, unda amaliy jihatdan bu foydalanish yordamida yuz beradi.
Dastur deyilganda kompyuter bajarishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish – iqtisodiy yoki tabiiy ilmiy-texnik qo‘yilishini tavsiflovchi komandalar va operatorlar ketma-ketligi tushuniladi.
Ushbu komandalar va operatorlarni rasmiy tanishtirish, jumladan, 3-bobda tushuntirilgan tavsif elementlari yordamida amalga oshiriladi. Dasturiy mantiqiy chizmasi yokituzilma diagrammasidan aniq bo‘ladiki, bundan kompyuterda alohida operatorlar yuzaga keladi va kompyuter uni qadamma-qadam o‘qiydi va bajarib boradi.
Shu tarzda, to‘la tuzilma diagrammasi (Struktogramm), shaklidagi alohida qadamlar tizimi loyihalanadi, u protsessorga qaror qilishning umumiy usulini ko‘rsatib beradi. Bu erda gap algoritm tushunchasi haqida ketyapti.
Algorotimda protsessorni komandalarning aniq rostlangan ketma-ketligida bajariluvchi ko‘pgina oxirgi harakatlarga undaydigan operatorlar tizimi haqida ketadi.
Bunday algoritmlarda masalani echishning foydalanuvchi uchun o‘ziga xos xususiyatlari paydo bo’ladi:
Algoritm alohida qadamlar ketma-ketligi yordamida tavsiflanadi.
Barcha qadamlar aniq bir xil ma’nolii, sodda va bajarilishi mumkin bo‘lgan qadamlardan iborat bo’ladi.
Algoritmda gap yo‘l qo‘yilgan kirish ma’lumotlarini chiqarish va ma’lumotlar miqdorini o‘zgartirish haqida ketadi.
Ma’lumotlarning har bir yo‘l qo‘yilgan kirishida algoritm shunga yordam beradiki, juda ko‘p alohida qadamlardan so‘ng bajarish oxir oqibatda tugaydi.
Algoritm, agar u faqat o‘sha bitta kirish ma’lumotlariga murojaat qilib, har doim o‘sha bitta javobni bersa, aniq belgilangan (daterminallashgan) deb ataladi.
Qo‘yilgan masalani echish yo‘li algoritm tomonidan aniqlangan va tarkibiy diagrammasi yoki shunga o‘xshash tasavvurlar shaklida vizuallashtirilgandan keyin dasturlash tillaridan birida dasturning boshlang‘ich kodi tuzilishi mumkin bo‘ladi.
Dasturlash tili haqida gap ketar ekan, gap kompyuter bilan aloqa uchun xizmat qiladigan sun’iy til haqida ketadi. U ma’lumotlar va algoritmlar tarkibini protsessor tushunishi va bajarishi mumkin bo‘lgan boshlang‘ich kod shaklida ta’riflash imkoniyatini beradi.
Demak, dastur ikkita narsani o‘z ichiga oladi. Bu to‘g‘rida dasturni quyidagi alternativ ta’rifini berish mumkin. (H. Virt ta’rifi)
Dastur = algoritm + ma’lumotlar tarkibi.
Shunga o‘xshash algoritmga yana bir quyidagi ta’rifni ham berish mumkin:
Qat’iy determinallashtirilgan qoidalar majmuasi algoritm deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |