Inson san’at asarini tushunishni, his qilishni istasa, avvalo, o‘z didi, tasavvur va idrokini tarbiyalamog‘i talab qilinadi.
San’atni tushunish, his etish esa odamning har tomonlama yuksalishi, ma’naviy boyishiga sabab bo‘ladi.
Binobarin, inson, birinchi navbatda, ma’naviy boy bo‘lishga harakat qilmog‘i, jisminigina emas, ruhini ham doimiy oziqlantirmog‘i talab qilinadi.
O‘tmishda ibratli iz qoldirgan jamiki tarixiy shaxslar avvalo ruhiy-ma’naviy jihatdan qudratli bo‘lgani bilan boshqalardan ajralib turganlar.
Agar inson ma’naviy kamolotini qurilishi lozim bo‘lgan binoga qiyoslasak, har kuni unga kamida bir «g‘isht qo‘yish» talab qilinadi.
Shuni bilingki, tafakkur yolqini dunyodagi jamiki nur manbayidan qudratliroqdir.
San’at xalq ma’naviy-ruhiy qiyofasining ko‘zgusi hisoblanadi.
Sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘zi tavallud topgan yurt – Kesh (Shahrisabz)da qurdirgan Oqsaroy devorlariga: «Kimki qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin»,– degan so‘zlarni bejiz muhrlatib qo‘ymagan.
Bugungi O‘zbekiston nafaqat milliy kuy-qo‘shiqlarimiz, balki butun Sharq va boshqa xalqlarning noyob musiqiy san’ati namoyish qilinadigan, o‘zaro ijodiy muloqotga keng imkoniyat yaratadigan xalqaro san’at diyoriga aylanib bormoqda.
Ko‘hna Samarqand shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga
jahonning turli qit’alaridan san’atkorlar tashrif buyurishib, o‘z milliy san’atlaridan barchani bahramand qilmoqda.
Registon maydonining tabiiy sahnasida yangrayotgan rango-rang ohanglar turli millat, din, til egalari bo‘lmish insonlarning qalblarini o‘zaro bog‘lashga, xalqlar o‘rtasidagi chinakam madaniy hamkorlikning mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
XX asr boshiga kelib, bizda ham zamonaviy teatr uchun maxsus dramalar yozildi, ilk teatr truppalari faoliyat boshladi.
O‘sha davrda mazkur san’at turiga ayniqsa kuchli ehtiyoj tug‘ilganini ustozlaringiz tushuntirgan bo‘lishsa kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yilda O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarori ham mazkur san’at sohasining jamiyat hayotida nihoyatda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda dunyo kino san’atining texnik-texnologik taraqqiyoti insoniyatning madaniy rivojiga daxldor bo‘lgan boshqa barcha sohalarni ortda qoldirib ketayotganini hamma ko‘rib-bilib turibdi.
Darhaqiqat, gazeta-jurnallar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlari soni kam bo‘lgan Turkiston o‘lkasi xalqini ma’rifatga da’vat etish, uni qoloqlik botqog‘idan olib chiqishda teatr san’atining ahamiyati katta bo‘lgan.
teatr
Savol va topshiriqlar
1. Insonning san’atga bu qadar qiziqishi, usiz hayotni tasavvur qila olmasligini qanday izohlaysiz?
2. Yurtimizda san’atning qaysi turlari ko‘proq rivojlangan? Buning sababi nimalarda ekan?
3. San’atkor bo‘lish yoki san’atni tushunish kishidan qanday fazilatlarni talab qiladi?
4. Yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitayotgan qaysi san’atkorlarni bilasiz, ularning mahorati nimada?
5. Tengdoshlaringizning san’at va adabiyotga bo‘lgan munosabati sizni qoniqtiradimi?
6. O‘zingiz yashaydigan joyda qanday san’at obidalari bor? Ularning tarixi bilan qiziqqanmisiz?