Дастурлаш асослари фанидан маърузалар матни doc



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/218
Sana31.12.2021
Hajmi2,87 Mb.
#202470
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   218
Bog'liq
dasturlash asoslari (1)

Pasayuvchi  ishlab  chiqish  usulining  mohiyati  quyidagichadir.  Avvalgi  usulda  bo‘lganidek,  bu  erda 
ham  oldin  dasturning  daraxt  ko‘rinishidagi  modul  tuzilmasi  yaratiladi.  Keyin  navbatma-navbat  dastur 
modullari  dasturlanadi.  Bunda  dasturlash  eng  yuqori  sathdagi  (bosh)  moduldan  boshlanadi.  Keyin  boshqa 
biron-bir modulni dasturlashga o‘tiladi. Bunda ushbu modulga murojaat qiladigan modul dasturlab bo‘lingan 
bo‘lishi  lozim.  Dasturning  barcha  modullari  dasturlab  bo‘lingach,  ular  xuddi  shunday  pasayuvchi  tartibda 
navbatma-navbat  test  sinovlaridan  o‘tkaziladi  va  sozlanadi.  Bunda  birinchi  bo‘lib  dasturning  bosh  moduli 
test  sinovidan  o‘tkaziladi,  chunki  u  testdan  o‘tkazilayotgan  dasturning  hammasiga  tegishli  bo‘ladi  hamda 
shuning  uchun  test  sinovi  ushbu  dastur  amal  qiladigan  axborot  muhitining  «tabiiy»  holatida  o‘tkaziladi. 
Yana bunda bosh modul murojaat qilishi mumkin bo‘lgan modullar ularning imitatorlari (zaglushkalari) ga 
almashtiriladi.  Har  bir  modul  imitatori  bu  oddiy  dasturiy  fragment  (qism)  bo‘lib,  u  asosan 
imitatsiyalanayotgan modulga murojaat haqida xabar (signal) beradi, dasturning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur 
bo‘lgan  qiymatlar  va  kirish  parametrlariga  ishlov  beradi  (ba’zida  bu  ma’lumotlarni  bosma  holda  chiqarib 
ham  beradi)  hamda,  zaruratga  ko‘ra,  avvaldan  tayyorlab  qo‘yilgan  tegishli  natijani  chiqarib  beradi.  Bosh 
hamda navbatdagi har qanday modul test sinovidan o‘tkazilib va sozlab bo‘lingach, ushbu daqiqada o‘zining 
imitatori (agar bular bo‘lsa) ga ega bo‘lgan modullardan biri test sinovidan o‘tkaziladi. Buning uchun  test 
sinovidan  o‘tkazilishi  tanlab  qilingan  modul  imitatori  o‘rniga  modulning  o‘zi  olinadi.  Bundan  tashqari  bu 
sinovga  test  sinovidan  o‘tkazilishi  tanlab  qilingan  modul  murojaat  qilishi  mumkin  bo‘lgan  modullar 
imitatorlari  qo‘shiladi.  Shunday  qilib,  yuqorilovchi  test  sinovidan  o‘tkazish  paytidagi  katta  hajmdagi 
«sozlovi»  dasturlash  o‘rniga  dastur  modullarida  qo‘llanadigan  anchayin  sodda  imitatorlarni  dasturlash 
amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari,  imitatorlar  chiqarib  berayotgan  kerakli  natijalarni  berish  yo‘li  bilan 
testlarni tanlab olish jarayoniga moslashish uchun ham imitatorlardan foydalanish qulaydir. Dasturni ishlab 
chiqishning  bunday  tartibida  barcha  zaruriy  global  axborot  o‘z  vaqtida  shakllanadi,  ya’ni  modullarni 
dasturlashdagi  noxush  xatoliklar  manbai  yo‘q  bo‘ladi.  Pasayuvchi  ishlab  chiqish  usulining  dasturni 
qo‘llashda  ma’lum  qiyinchiliklar  tug‘ilishiga  olib  keluvchi  kamchiligi  shundan  iboratki,  bunda 
qo‘llanayotgan  dasturlash  tilining  bazaviy  imkoniyatlari  mavhumlashtiriladi,  ya’ni  mavhum  (abstrakt) 
operatsiyalar o‘ylab topiladiki, bu operatsiyalarni keyinchalik dasturda ajratib olindan modullar yordamida 
amalga  oshirishga  to‘g‘ri  keladi.  Biroq,  shuning  bilan  birga,  bunday  mavhumlashtirishlar  (abstraktsiyalar) 
katta dasturiy vositalarni ishlab chiqishning zaruriy shartidir. SHuning uchun ularni rivojlantirish muhimdir. 
Ko‘rib chiqilgan yuqorilovchi va pasayuvchi ishlab chiqish usullarining (biz ularni klassik usullar deb 
ataymiz)  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  bunda  dasturning  modul  tuzilmasi  modullarning  dasturlanishi 
(kodlanishi)dan  oldin  ishlab  chiqilishi  talab  qilinadi.  Bu  talab  dasturiy  vositani  ishlab  chiqishning 
shalolasimon  yondoshuviga  to‘liq  mos  keladi,  chunki  dasturning  modul  tuzilmasini  ishlab  chiqish  va  uni 
kodlash dasturiy vositani ishlab chiqishning turli bosqichlarida amalga oshiriladi: modul tuzilmasini ishlab 
chiqish  DV  ni  konstruktsiyalash  bosqichini  nihoyasiga  etkazadi,  kodlash  esa  kodlash  bosqichini  boshlab 
beradi. 
Bu usullar e’tirozlarga ham duch keldi. Chunki avval modullarni dasturlamay turib, dastur tuzilmasini 
aniq  va  chuqur  ishlab  chiqish    mumkinligi  shubha  tug‘diradi.  Agar  shalolasimon  yondoshuv  biroz 
takomillashtirilsa,  amalda  bunday  qilish  shart  emas.  Quyida  dasturlarni  ishlab  chiqishda  konstruktiv  va 
arxitektura  yondoshuvlari  taklif  qilinadiki,  ularda  modulli  tuzilma  modullarni  dasturlash  (kodlash) 
jarayonida shakllanadi. 
Boshqa  har  qanday  modulni  dasturlashda  ham  xuddi  shunday  xatti-harakatlar  amalga  oshiriladi. 
Ushbu  dasturlanadigan  modul  spetsifikatsiyalangan,  ammo  hali  dasturlanmagan  modullar  ichidan  dastur 
daraxtining  joriy  holatidan  tanlab  olinadi. Buning natijasida dastur daraxtining navbatdagi yanada ko‘proq 
shakllanishi (masalan 4.2-rasmda ko‘rsatilganidek) amalga oshiriladi. 
   
                  Dastur (bosh modul)ning spetsifikatsiyasi 
 (tasnifi) 
 
 
 
 
 
 
      1-tarmoqmasalaning                                        3- tarmoq masalaning 
 spetsifikatsiyasi                                                 spetsifikatsiyasi  
 
              

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish