3.3-rasm. Dastur tuzilmasini ishlab chiqish usullarining tasnifi
Pasayuvchi ishlab chiqishning klassik usulida ishlab chiqilayotgan dasturning barcha modullarini
avval dasturlab olish va shundan so‘nggina ularning pasayuvchi test sinovlaridan o‘tkazilishini boshlash
tavsiya etiladiki, bu yana o‘sha sharsharasimon yondoshuvga to‘la mos keladi. Biroq ishlab chiqishning
bunday tartibi etarlicha asoslangan bo‘lolmaydi: modullarni test sinovlaridan o‘tkazish va sozlash tobe’
modullar spetsifikatsiyasining o‘zgarishiga va xatto butun dasturning modul tuzilmasining o‘zgarishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun bunday holda ayrim modullarni dasturlash befoyda amalga oshirilgan ishga
aylanadi. Dasturni ishlab chiqishning boshqa tartibi, nazarimizda, maqsadga muvofiqroq ko‘rinadi. Bu usul
adabiyotlarda
pasayuvchi usul nomi bilan ma’lum bo‘lib, u sharsharasimon yondoshuvning ma’lum bir
modifikatsiyasidir. Bu usulda dasturlangan modul, boshqa modulni dasturlashga o‘tmay turiboq, test
sinovidan o‘tkaziladi.
Bu usullarning hammasi, o‘z navbatida, daraxtsimon dastur tuzilmasini ishlab chiqish jarayonida
uning uzel (modul)lari qanday ketma-ketlikda aylanib chiqilishiga qarab, turli ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Buni, masalan, qavatma-qavat (keyingi sathga o‘tishdan oldin, bir sathdagi modullarni ishlab chiqish yo‘li
bilan) amalga oshirish mumkin. Pasayuvchi ishlab chiqishda dastur daraxtini yana leksikografik tartibda
(yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga) aylanib chiqish mumkin. Daraxtni aylanib chiqishning boshqa
variantlari ham mavjud. Masalan, konstruktiv yondoshuvda dastur daraxtini aylanib chiqish uchun Fuksman
g‘yalariga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Bu g‘yalardan Fuksman o‘zi taklif qilgan vertikal qatlamlash
usulida foydalangan. Bunday aylanib chiqish mohiyati quyidagilardan iborat. Konstruktiv yondoshuv
doirasida avval dasturning eng sodda varianti uchun zarur bo‘lgan modullar ishlab chiqiladi. Bunda ushbu
dastur kirish ma’lumotlarining juda cheklangan to‘plamlari uchungina normal bajarilishi mumkin. Bunday
dasturda iqtiboslar (silkalar) mavjud bo‘lgan boshqa modullar o‘rniga bu modullarning imitatorlarigina
kiritiladi. Bu imitatorlar asosan bunday xususiy holat chegarasidan chiqish haqida signal berilishini
ta’minlaydi. Keyin ushbu dasturga boshqa ayrim modullarning ishlanmalari (jumladan, ayrim mavjud
imitatorlar o‘rniga) qo‘shiladi. Bu modullar ishlanmalari kirish ma’lumotlarining boshqa biron to‘plamlari
uchun normal ish bajarilishini ta’minlaydi. Bu jarayon ham talabdagi dastur to‘la ishlab chiqilguncha
bosqichma-bosqich davom etadi. Shunday qilib, dastur daraxtini aylanib chiqishdan ko‘zlanadigan maqsad
normal faoliyat ko‘rsatayotgan dasturning u yoki bu variantining eng qisqa yo‘l bilan ishga tushirilishini
amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun ham konstruktiv ishlab chiqishning bunday turi
maqsadga
yo‘naltirilgan konstruktiv ishlab chiqish usuli nomini oldi. Bu usulning afzal tomoni shundaki, ishlab
chiqishning dastlabki bosqichidayoq ishlab chiqilayotgan dasturning ishchi varianti yaratiladi. Psixologik
jihatdan bu ishlab chiquvchi mehnatining samaradorligini oshiruvchi doping vazifasini o‘taydi. Shu tufayli
bu usul diqqatni o‘ziga jalb qiilish kuchiga ega.
Aytilganlarga yakun yasab, 4.3-rasmda dastur tuzilmasini ishlab chiqish usullarining ko‘rib chiqilgan
umumiy tasnifi keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: