Дастурлаш асослари фанидан маърузалар матни doc


 Ma’lumotlar tarkibini sinflash



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/218
Sana31.12.2021
Hajmi2,87 Mb.
#202470
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   218
Bog'liq
dasturlash asoslari (1)

9.1.1.2. Ma’lumotlar tarkibini sinflash 
 
Mohiyati va murakkabligiga bog‘liq bo‘lmagan holda ixtiyoriy ma’lumotlar EHM xotirasida ikkilik 
razryadlari  yoki  bitlari  ketma-ketligi  shaklida  tasvirlanadi,  ularning  qiymatlari  esa  mos  ravishda  ikkilik 
sonlari  bo‘ladi.  Ketma-ket  bitlar  ko‘rinishda  qaralayotgan  ma’lumotlar  juda  sodda  ko‘rinishga  ega  bo‘ladi 
yoki  boshqacha  aytganda  kuchsiz  tarkiblangan  bo‘ladi.  Qandaydir  murakkab  ma’lumotlarni  bitlar  ketma-
ketligi terminlarida yoritish va tadqiq qilish odam uchun juda ham noqulay. Bitlarga nisbatan yanada yirik 
va mohiyatli ya’ni “qurilish blokli” tiplar esa “ma’lumotlarning tarkibi” tushunchasi asosida olinadi.  
Ta’rif. Umumiy holda ma’lumotlar tarkibi deganda ma’lumotlar elementlari to‘plami ular orasidagi 
aloqalar to‘plami tushuniladi.  
Bu ta’rif ma’lumotlar tarkiblashtirishdagi mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni qamrab oladi, lekin har 
bir aniq masala uchun u yoki bu aspektlar ishlatiladi. Shuning uchun ham ularni har xil aspektlarda qarashga 
mosligi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumotlar sinflarga ajratiladi. Ma’lumotlar aniq birini o‘rganishdan 
avval, ularga mos bir qancha belgilar bo‘yicha umumiy sinflarga bo‘lamiz. 
“Ma’lumotlarni  fizik  tarkibi”  tushunchasi  mashinada  ma’lumotlarni  mashina  xotirasida  fizik 
tasvirlash usulini ifodalaydi va saqlash tarkibi, ichki tartib yoki xotira tarkibi deb ham ataladi. 
Ma’lumotlarni  mashina  xotirasida  tasvirlashni  hisobga  olmay  qaralishi  esa  ularni  abstrakt  yoki 
mantiqiy  tarkibi  deyiladi.  Umuman  olganda  mantiqiy  va  unga  mos  fizik  tarkibi  o‘rtasida  farq  mavjud.  Bu 
erda  ma’lumotlarni  akslantirilishi  bo‘yicha  farqlanish  darajasi  tarkibning  o‘ziga  ko‘ra  va  mazkur  muhit 
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu farqlanishga ko‘ra mantiqiy tarkibni fizik tarkibga va aksincha fizik tarkibni 
mantiqiy tarkibga tasvirlash protseduralari mavjud. Bundan tashqari mazkur protseduralar ular ustida har xil 
amallarni  bajarishni  ta’minlaydi.  Bunda  har  bir  amal  mantiqiy  va  fizik  ma’lumotlar  tarkibiga  qo‘llanish 
nuqtai nazaridan qaraladi. 
Ma’lumotlar  tarkibi  sodda  (tayanch,  primitiv)  va  integrallashgan  (tarkiblashtirilgan,  kompozit, 
murakkab)  kabilarga  bo‘linadi.  Shunday  ma’lumotlar  tarkibi  sodda  deyiladiki,  bunda  ular  bundan  katta 
bo‘lmagan  boshqa  qo‘shimcha  bo‘laklarga  bo‘linmaydi.  Fizik  tarkib  nuqtai  nazaridan  bunday  mashina 
arxitekturasida,  ushbu  dasturiy  tizimda  biz  har  doim  sodda  tipning  o‘lchovi  va  uni  xotiraga  joylashtirish 
tarkibi  qandayligini  avvaldan  turib  aytib  berishimiz  muhim  ahamiyatga  ega.  Mantiqiy  nuqtai  nazardan  esa 
sodda ma]lumotlar bo‘linmas birlikdir. qo‘shma qismlari o‘z navbatida boshqa tiplar, ya’ni sodda yoki yana 
integrallashgan tiplardan tashkil topgan ma’lumotlar tarkibi integrallashgan ma’lumotlar tarkibi deyiladi. 
Integrallashgan  ma’lumotlar  tarkibi  dasturchi  tomonidan  dasturlash  tili  imkoni  bo‘yicha 
ma’lumotlarni integratsiyasini vositalari ishlatish orqali yaratiladi. 
Element  orasida  oshkor  aloqa  yo‘q  yoki  mavjudligiga  ko‘ra  bog‘lanmagan  tarkiblar  (vektorlar, 
massivlar, qatorlar, steklar, navbatlar) va bog‘langan tarkiblarga (bog‘langan ro‘yxatlar) bo‘linadi. 
Ma’lumotlar tarkibini o‘ta muhim xususiyatiga uni o‘zgarib turishi, elementlar sonini o‘zgarishi va 
elementlari  tarkibi  orasidagi  aloqalar  soni  o‘zgarib  turishi  kiradi.  Tarkibning  o‘zgaruvchilik  ta’rifiga 
ma’lumotlar  elementlari  qiymatini  o‘zgarish  fakti  hisobga  olinmagan,  vaholanki  bu  holda  barcha 
ma’lumotlar  tarkibi  o‘zgaruvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  O‘zgaruvchanlik  belgisi  bo‘yicha  tarkiblar 
statik, yarimstatik va dinamik bo‘laklarga bo‘linadi. O‘zgaruvchanlik belgisi bo‘yicha ma’lumotlar tarkibini 
sinflarga bo‘linishi quyidagi chizmada keltirilgan.  

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish