6.5.1 AT shartnomalar ta’moyillari
Texnik xizmat ko‘rsatish, qo‘llab quvvatlash yoki servis xizmatini ko‘rsatish shartnomasi, har qanday boshqa shartnoma singari xizmatlar ta’minlovchisi (mas. AKT xizmatlari ta’minlovchisi yoki dasturchi) va mijoz o‘rtasidagi majburiyat yuklovchi bitimdir. Xizmat ta’minlovchisi xizmat ko‘rsatish majburiyatini oladi, mijoz esa xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
Quyidagi elementlar shartnomalarning barcha turlari uchun umumiydir:
Xizmat ko‘rsatish ta’minotchisi va mijozni manzili, telefon raqami, elektron pochtasi (E-mail) bilan ko‘rsatish;
Shartnoma mavzusi: gap nima haqida borayapti;
Xizmat ko‘rsatish ta’minotchisi xizmatlari, masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida telefon yordami;
Shartlashayotgan tomonlarning huquq va burchlari: bunda xizmatlar aniqlashtiriladi, xizmat ko‘rsatish tartibi bayon qilinadi va masalan mijoz tomonidan yordam berish majburiyati tartibga solinadi;
Shartnomaning kuchga kirishi shartnomaning amal qilish va uning bekor qilinishi;
Haq to‘lashning tartibga solinishi;
Barcha shartlashayotgan tomonlar imzolari.
Do'stlaringiz bilan baham: |