Avtomatlashtirilgan loyihalash va dastur yaratish (CASE Tools) servisi (Computer Aided Software Engineering)) dasturlarga o‘z ishlanmalaridagi mavjud vositalar va xujjatlashtirish bo‘yicha servis yordamida o‘z ishlanmalarini tahlil qilish va rejalashtirishda yordam beradigan dasturiy ta’minotdir. Avtomatlashtirilgan loyiha va dastur yaratish servisi (CASE Tools) dasturiy ta’minot ishlab chiqishni yaxlit ko‘rib chiqadi, ya’ni dasturning blok-chizmasi va mantiqiy chizmasi uchun vositalar bilan chegaralanmaydi, balki loyiha menedjmenti va sifat ta’minoti sohasida ham yordam beradi. Avtomatlashtirilgan loyiha va dastur yaratish servisidan (CASE Tools) jumladan, dasturlash bo‘yicha katta loyihalarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |