Biznes yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassis
Dasturlash yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha texnik
Elektronika yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha texnik
Mazkur darslik dasturlashning muayyan tillaridan qat’iy nazar dasturni ta’minot ishlab chiqish va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha bilimlar asoslariga ega. Ishlab chiqish loyihasi va loyihani rejalashtirishdan kelib chiqib, o‘quvchilarga tizimli, strukturalangan dasturlash usullari va texnikalari hamda uning xujjatlari beriladi.
Dasturiy ta’minot sifati bugungi kunning muhim mavzusi bo‘lib, ushbu masalaga darslkda alohida bob bag‘ishlangan. Xujjatlarni yuritishning test usullari va texnikalari sifat bilan bog‘liqki ular ham mufassal bayon qilingan. Dasturlash tillarining axboroti bu darslikni bilimlar asoslari bo‘yicha tugallaydi.
Keyingi darsliklarda o‘quvchi ma’lumotlar bazalarini strukturalashtirilgan dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha muayyan bilimlar oladi va bu bilimlarni mashqqa oid topshiriqlar yordamida to‘ldiradi. Shu bilan yonma-yon va hatto undan ham ko‘proq – bu darslik o‘quvchiga uning bitiruv imtixoniga qadar doimiy hamroh bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonning AKT – kollejlari o‘qituvchilar kengashiga hamda Texnik Hamkorlik bo‘yicha Germaniya Jamiyati (GTZ) ekspertlar komandasiga mamlakatning o‘ziga xos sharoitlariga moslashtirilgan «Dasturlash/Ma’lumotlar bazasi» maxsus texnologiya konseptsiyasining yaratilishiga olib kelgan ko‘p sonli baxs-munozaralar uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Toshkent, 2006 mart
Guyunter Divald
Darslikdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Ushbu darslik standart dasturlash, ma’lumotlar bazalarini dasturlash va WEB dasturlash sohasining bundan keyingi barcha darsliklari uchun asosdir.
O‘qituvchi o‘quvchining dasturlashning bu erda tavsiya qilingan usullari va texnikalarini yaxshi o‘zlashtirishga va ayniqsa, yagona va aniq atamalardan foydalanishga e’tibor qaratishi kerak. Bu bilan turli tillardan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan anglasxilmovchiliklardan qutilishga muvaffaq bo‘linadi. AKT- mutaxassislari dunyosi o‘zining alohida tiliga ega va faqat atamalarni to‘g‘ri qo‘llash dasturlash jarayonida ishtirok etuvchi odamlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning bekamu-ko‘st bo‘lishini ta’minlaydi. Alohida muhim atamalar kitobda qo‘shimcha ravishda Inglizcha nomlari bilan ko‘rsatilgan. Bu xalqaro doirada (mas. Tenderlarda, Ingliz adabiyotida yoki Ingliz tilidagi maqolalarni Internet qidiruvida) o‘zaro aloqa uchun katta ahamiyatga ega va zarurat bo‘lganda bu atamalar o‘quvchilar tomonidan qo‘shimcha maxsus Ingliz tili (kasblar uchun Ingliz tili) darslarida o‘rganilishi kerak.
Ushbu darslikning mazmuni o‘quvchilar tomonidan boblar bo‘yicha urganilishi kerak. Keyingi boblarda oldingi boblardagi ma’lumotlar va atamalardan foydalanilishi sababli, boblar tartibi ongli ravishda tanlandi. Har bir bobning o‘quv materialini amaliy topshiriqlar va mashqlar yordamida chuqurlashtirish lozim.
Har bir bob oldidan kul rang matn maydonida qisqacha umumlashtirilgan shaklda o‘quv maqsadi taqdim qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |