3.3 Foydalanuvchiga qollanma
Dasturni ishlatish uchun kirish oynasi orqali mutahasislar bergan login parollar bilan dasturiy taminotga kirib olishimiz kerak.
Haqiqiy login va parolni tasdiqlaganimizdan keyin asosiy oyna ochiladi.
Bu oyna hisobotlar oynasi hisoblanadi. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida har bir foydalanuvchi uchun kerakli malumotlar berilgan. Qancha bemorlar xonalarda davolanayotgani yoki qancha bemorlar navbatda turganligiyu yohud qancha bo’sh xona borligi haqida malumot olishlari mumkin. Va ulardagi malumotlar haqida batafsil bilishlari mumkin, yaniki davolanayotgan bemorlarning shaxslari, kutayotgan bemorlar haqidagi malumoltar va bo’sh xonalarning nomlari haqidagi malumotlar batafsil berilgan. Bemorlar menusiga o’tsak :
Bu qismda yangi bemorlarning kerakli malumotlarini kiritish orqali navbatga olinadi. Agarda bemor davo istagan kasallik turi bizda hali mavjud bo’lmasa, asosiy sozlamalar bo’limiga o’tamiz va u yerdan kerakli kasallik turini yaratamiz. Bu yerda biz faqatgina kasalliklar yaratish bilan cheklanib qolmayamiz balkim ko’plab imkoniyatlarga ega bolamiz yani kasallikni ochirishdan tortib xona yaratishu, xona o’chirish, balkim yangi userlar yaratib ularga login va parollar ham taqdim qila olamiz.
Navbatda tugan mijozni xonaga biriktirish ham foydalanuvchi uchun juda oddiy qilib ishlangan. Bemor ustiga bir marotaba bosamiz va bosh xona ustiga bosamiz. Natijada bemor xonaga biriktiriladi.
E ndi bemor ustidagi amallarga kelsak uni ustiga 2 marta bosib uni davolganligi haqida malumot qoldirishimiz mumkin.
Dasturimiz qisqacha shu ishlarni amalga oshiradi. Xato kamchiliklar uchun bolsa oddiy holat deb qabul qilasiz degan umiddaman.
IV. MEHNAT MUHOFAZASI
4.1.Texnik xavfsizlik
Ish joyini umumiy tashkil qilinishi va rejalashtirilish to’g’risidagi ma’lumotlarni amaliy biomexanika va antropometrik o’lchamlarga bag’ishlangan sanoat ergonomikasining maxsus bo’limlariga taalluqli turli adabiyotlardan topish mumkin. Bugungi ma’ruzamizda esa biz ushbu yo’nalishning faqatgina kompyuter bilan ishlashda ish joyini tashkillash masalalariga to’xtalib o’tamiz. Ko’pgina adabiyotlarda ish joyini loyixalashda asosiy e’tibor kompyuterning xolatlariga va talablariga qaratiladi. Bizningcha esa, bunda avvalo inson va uning salomatligiga ta’siri nuqtai nazardan yondoshish eng muxim masaladir. Chunki inson kompyuter bilan ishlayotganda doim o’tirgan xolatda bo’ladi. Bu esa uning organizmiga, ya’ni umurtqa pog’onasining xolati va buning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kasb travmalarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun bu yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini o’rganish – inson operatorni kompyuter bilan ishlaganda yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolarini oldini olishi, o’z salomatligini saqlashi va faoliyat samaradorligiga erishi mumkinligining yagona yo’lidir.
Inson umri davomida o’rtacha 80000 soat vaqtini o’tirgan xolatda o’tkizadi. Ishda, o’qishda, transportda, ovqatlanayotganda, samolyotda, teartda, televizor qarshisida, xatto bo’sh vaqtimizda ham. Demak, inson kompyuter bilan ishlaganda doimiy ravishda o’tirgan xolatda bo’lar ekan, bunda u to’liq o’tirgan, yarim o’tirgan, stolga suyangan xolatda, osilib olgan xolatda yoki ekranga yaqin xolda stolga tirsaklarini qo’yib o’tirganligini kuzatganmiz. Bunda umurtqaga bo’lgan umumiy yuklamalar qanday taqsimlangan bo’lishi mumkin (5.1. -rasm). Rus olimi Valeriy Dmitrevich Mazannikning “Cheloveko-kompyuternoe vzaimodeystvie” nomli kitobida quyidagicha faqtlar keltirilgan: “inson tik turgan xolatida: yelkalar to’g’ri, qo’llar yonda, umurtqa tekkis xolatda bo’lganida – tananing umumiy yuklamasining 100%i umurtqa pog’onasiga tushadi. U ish stolida stulning qirg’og’iga o’tirib, bunda belini tik tutganda esa – 130% ga yuklama ortishi kuzatiladi. Inson kompyuter yonida tirsaklarini stolga qo’yib, ekranga, ya’ni oldinga engashib o’tirgan xolatda esa, yuklama 200% ga ortadi. Agar xuddi shunday sharoitda u stul suyang’ichiga to’liq suyanib, tanani og’irligini orqaga tashlab o’tirganda esa – yuklama 75% ga tushgani kuzatilgan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |