Birinchi muhabbat
Albert Araudagi maktabda o’qish davomida uylari maktab yonginasida joylashgan Jost Vinteler ismli o’qituvchisining uyida yashaydi.Vintelerni Mariya ismli qizi bo’lib u Albertni yoqtirib qoladi,o’z navbatida Albert ham unga befarq emasdi.
Ikki yosh o’rtasidagi ko’plab sevgi maktublari saqlanib qolgan bo’lib,bugungi kunda bu ma’lumotlar Albertning birinchi muhabbati sifatida e’tirof etiladi.Bunga sabab,uning Mariyaga yo’llagan ba’zi maktublari qaynoq his-tuyg’ular bilan to’lib toshgan.Ammo nimagadir,ularning o’zaro yozishmalari Albertning Politexnikada o’qishni boshlagach to’xtagan.Mariya unga qayta-qayta sog’inch maktublarini yozmasin Albertdan javob xati kelmaydi.Balki ularni aloqalarini barham topishiga Albertning Zurixdagi kursdoshi Miliviya sabab bo’lgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |