Moddalar haqida bilimlar nimaga bog‘liq va ular qanday izchillikda o‘rganiladi.
Moddalar haqidagi bilimlarning sifati, ko‘pincha shu moddalarning qanday izchillikda o‘rganishiga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat, oddiy moddalar (elementlar), quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
a) fizik va kimyoviy xossalari;
b) tabiatda uchrashish;
v) olinishi (laboratoriyada va sanoatda);
g) ishlatilishi.
O‘quvchilar moddalarning quyidagi xossalariga e’tibor berishlari zarur:
a) fizik xossalari-allotropik shakl o‘zgarishlari, rangi, hidi, uchuvchanligi, mazasi, solishtirma og‘irligi (yoki gazlarning zichligi);
b) kimyoviy xossalari - barqarorligi, shu moddaning vodorod, kislorod, metallar, metallik va murakkab moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi.
Moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishi bilan mahkam bog‘liq holda o‘rganiladi va o‘quvchilarning moddalar haqida chuqur va puxta bilimlar olishning mustahkam bazasi bo‘lib hisoblanadi.
O‘quvchilar moddalarning tarkibi bilan bog‘liq holda moddalarning aralashmalari va aralashmalardan moddalarni ajratib olish usullari bilan tanishadilar.
5. Moddalarning klassifikatsiyasi.
Kimyoni o‘rganish jarayonida moddalarning klassifikatsiyasi ta’lim-tarbiya jihatdan juda katta ahamiyatga egadir. Moddalarning klassifikatsiyasi o‘quvchilarning diqqatini eng tipik moddalarga jalb etishlari, juda oz moddalar namunasidan barcha xilma-xil moddalar asosini bilib olishlari; moddalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni ochishlari uchun imkon beradi.
O‘rta maktab kimyo kursida moddalarning klassifikatsiyasi quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
-
Moddalar
|
Oddiy
|
Murakkab
|
Metallar
|
Metalmaslar
|
Oksidlar
|
Asoslar
|
Kislotalar
|
Tuzlar
|
Metall bog‘
|
qutbsiz kovalent bog‘
|
Asosli Kislotali
|
|
Kislorodli Kislorodsiz
|
O‘rta
Asosli Nordon
|
“Kislorod. Oksidlar. Yonish” mavzularda birinchi bor oksidlar haqida tushuncha kiritiladi. Ularning tarkibi va xossalari ohak suvini uglerod (IV) - oksidini loyqalantirishda, fosfor (V) - oksidi suvda erishda o‘rganiladi.
Kislota, tuzlar haqidagi tushunchalar bilan o‘quvchilar “Vodorod. Kislotalar. Tuzlar” mavzusida tanishadilar.
Tuzlar tushunchasini kiritganda, o‘quvchilarni tuzlar formulasini yozishga, “nomenklatura” atamasini tushuntirishga, tuzlarni olish usullarini ko‘rsatishga o‘rgatiladi.
Moddalar tushunchasining miqdoriy tomonlari kislorod, vodorodlarning nisbiy molekulyar massalarini aniqlash, valentlik bo‘yicha formula tuzish, formula bo‘yicha elementlarning massa ulushini topish bilan chegaralanadi.
“Suv. Eritmalar. Asoslar” mavzusida o‘quvchilar suvning tarkibiga kiradigan vodorod va kislorodning massa va hajmiy ulushini hisoblashadi.
O‘quvchilar uchun yangi bo‘lgan “asos” va “ishqor” tushunchalari ham moddalarning klassifikatsiyasini tushunishga yordam beradi.
“Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqida ma’lumotlarni umumlashtirish” mavzusi moddalar klassifikatsiyasi tushunchasini shakllantirishda yangi bosqich bo‘lib - unda moddalarning sinflararo genetik bog‘lanishi ko‘rib chiqiladi.
Bu mavzu o‘quvchilarning taqqoslash, sintez qilish, umumlashtirish kabi fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun juda muhim.
“Davriy qonun va D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali” mavzusida “modda” tushunchasi nazariy tomondan yanada boyitiladi. O‘quvchilarning bilimlari yana bir pog‘onaga oshadi: birikmalarning xossalarini oldindan aytib berish uchun sharoit yaratiladi.
O‘quvchilarning yangi nazariy asosda moddalarning o‘rganishga “Kimyoviy bog‘”, “Moddalar tuzulishi” mavzulari yordam beradi.
Kimyoviy elementlarni tavsiflash rejasi:
|
Oddiy moddalarni tavsiflash rejasi:
|
D. I. Mendeleyev davriy jadvalida elementning o‘rni
Atom tuzilishi (atomning tashqi elektron qobig‘i)
Atom radiusi
Nisbiy atom massasi
Birikmalardagi oksidlanish darajasi
Kimyoviy faolligi.
|
Moddaning formulasi (molekulyar, elektron, grafik)
Nisbiy molekulyar massasi, molyar massasi
Kimyoviy bog‘ turi
Kristall panjari turi
Fizik xossalri
Kimyoviy xossalari
Olinishi
Ishlatilishi.
|
Elektrolitik dissosiyalanish nazariyasi o‘rganilgandan keyin moddalar ion tasavvuri mavqeidan ko‘rib chiqiladi. Moddalarning yangi klassifikatsiyalanishi kiritiladi: elektrolit va no elektrolitlar, kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Kislota, asos, tuzlarning xossalari elektrolitik dissosiyalanish nuqtai-nazaridan o‘rganiladi.
Metallarning kimyoviy xossalari quyidagi reja bo‘yicha o‘rganiladi:
Oddiy moddalar bilan ta’sirlashuvi: (kislorod, vodorod, metallmas)
Murakkab moddalar bilan ta’sirlashuvi: (suv, kislota, asoslar, tuzlar)
Ayrim xossalari: (sifat reaksiyalar, oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari).
Do'stlaringiz bilan baham: |