3. O‘rta maktab kimyo kursida qanday moddalar o‘rganiladi.
O‘quvchilarga kimyoning asosiy qonunlarini ochilish tarixini, ularni ochgan olimlar haqida, qonunni tavsifi va qonundan foydalanishni o‘qitish uslubiyotini talabalarga yetkazish.
Moddalar va ularda bo‘ladigan o‘zgarishlar kimyoning asosidir.
O‘rta maktabda kimyo kursida quyidagi moddalar o‘rganiladi:
a) o‘quvchilarga kimyoning nazariy asoslarini tushuntirish uchun xizmat qiladigan moddalar (masalan, kislorod, vodorod, galogenlar, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, uglerod va kremniy, azot va fosfor, metan, benzol va boshqalar);
b) hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qilish uchun imkon beradigan moddalar (masalan, xlorid, sulfat va nitrat kislotalar, ammiak, alyuminiy, temir, neft, sirka kislota va boshqalar);
v) kimyo va kimyo sanoatining yutuqlarini birmuncha ravshan aks ettiradigan moddalar (masalan, sintetik kauchuk, anilin, plastmassalar, sun’iy tola, dori moddalar va boshqalar);
g) tabiatda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida va turmushda juda muhim ahamiyatga ega moddalar (masalan, suv, kislotalar, ishqorlar, mineral o‘g‘itlar, oqsillar va boshqalar).
O‘rta maktab kimyo kursi dasturiga ko‘ra moddalarning hammasi bir xilda chuqur o‘rganilavermaydi. Masalan, kislorod, vodorod, suv, karbonat angidrid, xlor, xlorid kislota, oltingugurt, sulfat kislota, azot, ammiak, nitrat kislota, fosfor, metan, etilen, atsetilen, benzol, etil spirt, natriy va kaliy, alyuminiy, temir, va boshqalar ana shunday moddalar qatoriga kiradi. O‘quvchilar bu moddalar haqida: a) ularning molekulalari tarkibi b) xossalari (fizik va kimyoviy xossalari); v) eng muhim birikmalari; g) tabiatda uchrashi; d) laboratoriya sharoitida va texnikada olinishi; ye) tabiatda va xo‘jalik hayotidagi ahamiyatini bilishlari lozim.
O‘rganiladigan moddalar haqidagi bilimlar hajmini oldindan belgilab olish juda muhimdir, chunki faqat shunday qilinganidagina kimyo kursi oldiga qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning to‘g‘ri hal qilinishiga erishishi mumkin bo‘ladi, shu bilan birga, bilimlarning hajmini oldindan belgilab olish davlat o‘quv dasturi doirasidan chetga chiqadigan materiallar bilan o‘quvchilarni ortiqcha band qilib qo‘yishdek, maktabga zarar keltiradigan ahvolning oldini olish uchun ham juda muhimdir.
Moddalar va ularda bo‘ladigan o‘zgarishlar kimyoning asosidir. Kimyo o‘qitish moddalarning o‘zini «jonli mushohada qilish» dan boshlanadi.
O‘rta maktab kimyo kursida asosan ta’lim-tarbiya vazifalarini hal qilishda o‘qituvchiga yordam beradigan moddalargina o‘rganiladi.
O‘rta maktab kimyo kursida quyidagi moddalar o‘rganiladi:
1. O‘quvchilarga kimyoning nazariy asoslarini tushuntirish uchun xizmat qiladigan moddalar (masalan kislorod, vodorod, galogenlar, ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, uglerod va kremniy azot va fosfor, metan, benzol va boshqalar).
2. Hozirgi zamon ximiyaviy ishlab chiqarishiga imkon beradigan moddalar (masalan ohak, kislotalar: xlorid, sulfat va nitratlar, ammiak, alyuminiy, temir, neft, sirka kislota va boshqalar).
3. Kimyoning va kimyo sanoatining yutuqlarini aks ettiruvchi moddalar (masalan sintetik kauchuk, anilin, plastmassalar, sun’iy tola, dori moddalar va boshqalar).
4. Tabiatda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida va turmushda juda muhim rol o‘ynaydigan moddalar (masalan suv, kislotalar,ishqorlar, mineral o‘g‘itlar, oqsillar va boshqalar).
8-sinfda kislorod, vodorod, suv oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar shuningdek, havo o‘rganiladi.
Moddalarni faqat ularning o‘zgarishida - ularning boshqa moddalarga bo‘lgan munosabatidagina chinakam bilish mumkin.
Moddalarning o‘rganish rejasi o‘rganilayotgan moddaning tabiatiga va uning tabiatda tarqalganligiga, shuningdek, o‘quvchilarning tayyorgarligiga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |