Xulosalar Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash)
Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi Xulosalashning bosqichlari Siz xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi.
Quyidagi xulosalash bosqichlariga e’tibor bering va ularni to‘g‘ri (ketma-ket) tartibda joylashtiring.
Xulosani o‘z izohlari asosida yozish. Bunda tuzilishni o‘zgartirish ham mumkin.
Asosiy fikrlarni marker yordamida belgilab borish.
Asosiy fikrlar uchun izohlar yozib olish (perefrazalagan holda).
Barcha kerakli fikrlar bildirilgan va ixchamlik ta’minlanganligini tekshirish maqsadida xulosani qayta tahlil qilish.
Asl manbani e’tibor bilan o‘qish va yangi, tushunish qiyin tuyulgan so‘zlarni tahlil qilish.
Perefrazalash (asosiy ma’noni saqlagan holda, fikrni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash).
18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda. Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:
Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda.
Odatda ta’sirchan perefraza:
• asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi
• asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi
• asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi
• asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)
Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):
• a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:
• Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq
• b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
• Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)
• c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:
• Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.
• Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.
• Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.