Darsning texnologik xaritasi



Download 14.78 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi14.78 Kb.
Sana:____

Sinf:


Fan: O’zbekiston tarixi

Mavzu: Amir Temurning harbiy yurishlari



Darsning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad: Amir Temurning harbiy yurishlari haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash



Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat

Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________

Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________

Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.

Uyga vazifa:




Darsning bosqichlari:

Mazmuni

Vaqti

Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish

3 daqiqa

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish

12 daqiqa

Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.

20 daqiqa

O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.

5 daqiqa

Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish

5 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish

II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. A.Temur qachon Movarounnahr amiri deb e’lon qilindi?

  2. Qurultoyga qaysi shahar hokimi kelmadi?

  3. Tabl nima?

III.Yangi mavzu bayoni:

Amir Temur o'z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko'li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o'z ixtiyori bilan taslim bo'lib, moli omon to'lagan shaharlarga tegmagan, qo'shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan. Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko'tarilgan qo'zg'olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G'arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi. 1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan. Keng ko'lamli harbiy yurishlar



natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo'lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo'l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o'rtasida to'rt marta xat almashish tashabbuskori bo'lgan.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. A.Temurning 3,5,7 yillik urushlari haqida ma’lumot bering.

  2. A.Temur Xorazmga necha marta yurish qilgan?

  3. Turkiya sultoni Boyazidning laqabi nima edi?

V.O’quvchilarni baholash: ________________________________________________________

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa