Sahnaviy ko’rinish namoyish etiladi.
6-o’quvchi: Alisher 60-yillarning ikkinchi yarmida o’sha davrning ham ilm, ham siyosiy markazi bo’lgan Samarqandda yo’l oldi.Bu shaharda o’zining eng yaqin do’stlarini topdi va ular bilan 15 asrning eng muhim masalalarini muhokama qilishdi. Ularni yechishga urinishdi .O’z qarashlari singdirilgan noyob asarlar yozishdi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to’plab devon tuzdilar.Bu kitob “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir.1469-yilda Hirot taxtiga Husayn Boyqaro chiqadi. Do’sti Alisher Navoiyni o’z yoniga chaqirib oladi. Navoiy Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarida ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |