3.Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu o’quvchilar uchun tanish bo’lganligi sababli 2-guruh, ya’ni “Asrimiz yoshlari” guruhi a’zolari 1- guruh vediolavhaga qarab gapirganlariga qadar kompyuterning ish stolida berilgan barcha slaydlarning savollariga javob yozadilar. “Hayrat”guruhi a’zolari esa elektron doskada namoyish etilayotgan vediolavhaga qarab navbatma-navbat quyidagi fikrlarni bayon etishadi:
1-o’quvchi: Buyuk mutafakkir shoir, olim, musiqachi, rassom va davlat arbobi, Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda Hirotning Bog‘i Davlatxona atalmish joyida dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad (G’iyosiddin Kichkina) temuriylar xonadoniga ta’lluqli bo’lib , Shahrisabzdan Kobulga borib qolgan barlos beklaridan edi.Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Olim-u fozillar davrasida bo’ldi.
2-o’quvchi: 3-4 yoshlarida davrining mashhur shori Qosim Anvarning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga solgan. 5 yoshida esa uni maktabga berdilar. Alisher bo’lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi va umrining oxirigacha ular sodiq do’st bo’lib qoldilar. U 7-8 yoshlaridan she’r yoza boshladi. 15 yoshlaridashe’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. U shu paytlarida yozgan baytini Mavlono Lutfiy eshitib: “Ana shu bir baytga men butun she’riyatimni almashardim”,-deb lutf qilganlar.
3-o’quvchi: Yosh Alisherni bolaligidan larzaga solgan, hayot va dunyo haqidagi qarashlarini shakllantirgan asar «Mantiq ut-tayr» bo’ldi. U yoshiga munosib bo’lmagan tarzda bu asarni juda yoshligida berilib o’qib chiqqandi. Kitob bolaga kuchli ta’sir qiladi. U odamlardan yotsiraydigan , xilvatni yoqtiradigan bo’lib qoladi. Bu holdan uning ota-onasi juda tashvishga tushadilar va kitobni yashiradilar, lekin bu foydasiz bo’lib chiqadi. Alisher kitobni yod olib bo’lgandi.Alisher bir umr «Mantiq ut-tayr»da ko’tarilgan tasavvurning yuksak olamida yashadi. Umrining so’nggida esa “Lisonut tayr” nomi bilan asarga munosib javob ham yozdi.
4-o’quvchi: Barchamizga ma’lumki, yosh Alisher yoshligidanoq zehnli, mard inson bo’lgan 1447-yilda Alisherlar oilasi Iroqqa ko’chib ketadi.Yo’lda Taft shahrida
mashhur tarixchi Sarafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi va u kishining duolarini oladi.Ustoz,, agar siz ruxsat bersaangiz fikrimizning isbotini sahnaviy ko’rinish orqali namoyish etsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |