Interfaol metodlardan foydalangan holda yangi mavzu mustahkamlanadi
Amaliy ish
20 min
5-bosqich: Baholash
O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda yoki yakka tartibda o’z-o’zini baholaydi
Amaliy ish
5 min
6-bosqich: Uyga vazifa
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
Suhbat, Savol - javob
3 min
DARSNING BORISHI Tashkiliy qism: Sinf davomati va darsga tayyorgarlik yuzasidan axborot.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savollarga javob yozing. “Impressionizm” termini qanday ma’noni anglatadi ?
Impressionistik oqimning nomlanishiga qaysi rassomning asari asos bo’lgan ? Yangi mavzu bayoni:
Impressionizm uslubida manzara ishlash. “Puantilizm” Impressionizm uslubida ishlash qulay bo’lishi uchun sizga sxematik rasm tavsiya qilinayapti. Buning uchun italiyalik rassom Annibal Karrachi asos solgan klassik manzara ishlash uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq. U birinchi bo’lib manzara ishlashni planlarga ajratgan. Rassom birinchi qatorni to’q va aniq ranglarda, o’rta qatorni o’rtacha iliq ranglarda, uchinchi – orqa qatorni sovuq ranglarda ishlash vositasida asarlarida fazoviy kenglikni tasvirlashga erishgan. Quyidagi tavsiya etilayotgan sxematik rasmdan foydalangan holda shunday manzarani tasvirlashga, rang surtmalarini puantilizm uslubida alohida – alohida berishga harakat qiling. Puantilist rassomlar toza rang surtmalarini to’rtburchak va nuqtasimon shakllarda yonma – yon qo’yib tasviriy san’at asarlarini yaratganlar. Annibal Karrachi (1560-1609) Italiyaning Bolone shahrida yashab ijod qilgan. Tasviriy san’at asoslarini o’rgatishning o’ziga xos maktabini yaratgan. Bu maktab aka-uka Karrachilarning badiiy ta’lim maktabi deb ataladi. Boloneda tasviriy san’at akademiyasini tashkil qilgan. Sxematik rasmning birinchi planida yorqin va aniq ranglardan foydalanish tavsiya etiladi. Ikkinchi planda esa ularning yorqinligi biroz kamaytiriladi. Uchinchi plandagi elementlar esa havo perspektivasi qonuniyatiga ko’ra sovuq ranglar, asosan, havorangning turli tuslaridan, shuningdek, havorangga yaqin bo’lgan nim yashil ranglardan foydalanish orqali manzaradagi uzoqlikni tasvirlash mumkin bo’ladi.
Pavel Benkov. Meshkobchilar Manzara ishlashning sxematik tasviri