Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich:
Tashkiliy qism
|
O’quvchilar sinf davomati va darsga tayyorgarligi yuzasidan axborot beradi
|
Savol - javob
|
2 min
|
2-bosqich: O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’quvchilar tomonidan o’tilgan mavzuning asosiy mazmuni takrorlanadi
|
Interfaol metod
|
5 min
|
3-bosqich: Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzu yuzasidan berilgan savollarga o’qituvchi javob beradi va o’quvchilar tomonidan to’liq yoritiladi
|
Suhbat,
Interfaol metod
|
10 min
|
4-bosqich: Mavzuni mustahkamlash
|
Interfaol metodlardan foydalangan holda yangi mavzu mustahkamlanadi
|
Amaliy ish
|
20 min
|
5-bosqich:
Baholash
|
O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda yoki yakka tartibda o’z-o’zini baholaydi
|
Amaliy ish
|
5 min
|
6-bosqich:
Uyga vazifa
|
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi
|
Suhbat, Savol - javob
|
3 min
|
DARSNING BORISHI
Tashkiliy qism: Sinf davomati va darsga tayyorgarlik yuzasidan axborot.
O’tilgan mavzuni takrorlash: Savollarga javob bering.
Manzara janridagi tasviriy san’at asarlarida planlilik nima maqsadda qo’llaniladi ?
Manzarada planlilik prinsipi kim tomonidan joriy etilgan ?
Yangi mavzu bayoni:
Kubizm uslubida natyurmort ishlash
Tasviriy san’atda keng tarqalgan uslublardan biri kubizm uslubidir. Bunday uslubda ishlagan rassomlar tasvirlanayotgan buyumlarning atrofini aylanib ko’rayotgandek tasvirlashga harakat qilganlar. Bu intilishni yanada bo’rttirib ko’rsatish uchun rassomlar tomoshabinga buyumning ko’rinmas tomonlarini ham tasvirlaganlar.
Kubizm uslubining asoschisi Pol Sezann tasviriy san’at asoslarini o’rganuvchilar uchun kubizm uslubining muhimligini uqtirib, rassom tabiatdagi silindr, shar, konusni ko’rishi kerakligini ta’kidlaydi. Shundagina unda buyumlarning konstruktiv tuzilishini tahlil qilish, buyumlarning o’zgarmas shaklini yaxlit ko’rish mal;akalari shakllanib boradi, uning shakli va nisbatlarini to’g’ri tasvirlash orqali yaratilgan tasviriy san’at asaridan zavqlanish mumkin.
P ol Sezann (1839-1906) fransuz postimpressionism oqimining vakili. Parijdagi Syuie Akademiyasida tehsil olgan. Kubizm uslubida, asosan natyurmort, shuningdek, manzara va portret janrlarida ko’plab asarlar yaratgan. Kartinalarida obyektning konstruktiv tuzilishini uzoq vaqt kuzatish asosida tahlil qilishga intilish sezilib turadi. Rassom rangtasvir asarlarida ko’p rang ishlatmagan, ko’proq buyumlarning konstruktiv tuzilishidan tashqari, ularning fazoviy bo’shliqdagi, makondagi o’rnini tasvirlashga ustuvor tarzda ahamiyat qaratadi.
M avzuni mustahkamlash: O’quvchilar yakka tartibda va guruhlarga bo’lingan holda amaliy ish bajaradi.
Baholash: O’quvchilar guruhlarda o’z-o’zini baholaydi.
Uyga vazifa: Kubizm uslubida natyurmort ishlash.
Kubizm uslubida ishlangan manzara. Pablo Pikasso.
Xorta de Embro qishlog’idagi fabrika.
Do'stlaringiz bilan baham: |