Darsning texnologik xaritasi sinf: 7 Fan: Tasviriy san’at Mavzu: San’atda oqim va yo’nalishlar



Download 3,91 Mb.
bet2/6
Sana01.07.2022
Hajmi3,91 Mb.
#722417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-sinflar-u-namuna-2 (1)

Metod

Vaqt

1-bosqich:
Tashkiliy qism

O’quvchilar sinf davomati va darsga tayyorgarligi yuzasidan axborot beradi

Savol - javob

2 min

2-bosqich: O’tilgan mavzuni takrorlash

O’quvchilar tomonidan o’tilgan mavzuning asosiy mazmuni takrorlanadi

Interfaol metod

5 min

3-bosqich: Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzu yuzasidan berilgan savollarga o’qituvchi javob beradi va o’quvchilar tomonidan to’liq yoritiladi

Suhbat,
Interfaol metod

20 min

4-bosqich: Mavzuni mustahkamlash

Interfaol metodlardan foydalangan holda yangi mavzu mustahkamlanadi

Interfaol metod

10 min

5-bosqich:
Baholash

O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda yoki yakka tartibda o’z-o’zini baholaydi

Savol - javob

5 min

6-bosqich:
Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

Suhbat, Savol - javob

3 min

DARSNING BORISHI

  1. Tashkiliy qism: Sinf davomati va darsga tayyorgarlik yuzasidan axborot.

  2. O’tilgan mavzuni takrorlash: 6 – sinfda o’tilgan mavzularni takrorlash.

  3. Yangi mavzu bayoni:

San’atda oqim va yo’nalishlar
Tasviriy san’at tarixida buyuk islohotlar davrini boshlab bergan impressionism oqimining paydo bo’lishi aniq tarixiy sana bilan bog’liq. 1874 – yilning 15 – apreli tasviriy san’atning rangtasvir turida impressionism oqimiga asos solingan.
Impressionistlar an’anaviy rangtasvirdan farqli tarzda ranglarni asosiy vosita sifatida qabul qildilar va o’z palitralarida faqat spektr ranglar (qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, to’q ko’k, binafsharang)dan foydalangan holda o’z asarlarini bevosita tabiat qo’ynida yaratishga intildilar. Ularning ijodiy uslubining yana bir jihati ular ranglarni bir-biriga qorishtirish orqali emas, balki turli tusdagi rang surtmalarini yonma-yon surtish vositasida asar yaratdilar.
Impressionistlar o’z ittifoqlarini tuzib, 1874-yil 15-aprelda Parijning Kaputsinlar bulvaridagi 35-uyda joylashgan “Gerbua” kafesida o’zlarining dastlabki ko’rgazmalarini tashkil etdilar. Unda Klod Mone, Ogyust Renuar, Edgar Dega, Pol Sezann, Alfred Sisley kabi rassomlar o’z asarlari bilan ishtirok etganlar. Namoyish etilgan ishlar orasida Klod Monening aslida nomsiz bo’lgan, biroq ko’rgazmaga osilayotganda Renuarning ukasining taklifi bilan “Quyosh chiqayotganidagi taassurot” deb nomlangan asari ularni “Taassurotchilar” (taassurot – fransuzcha “impression”) sifatida e’tirof etilishlariga sabab bo’lgan. Aslida “Figaro” gazetasining jurnalistlari ko’rgazma haqidagi hisobotlarida bu so’zni kinoya bilan ularga qo’yilgan laqab sifatida qo’llaganlar. Omma esa ularni impressionistlar deb atay boshlaganlar.
Impressionizmdan keyin urf bo’lgan oqimlardan biri postimpressionism deb atalib, uning vakillari impressionistlarning tasviriy usullaridan ilhomlanib, realistik tasviriy san’at qonuniyatlaridan oqilona foydalangan holda asosiy e’tiborni asarlarning falsafiy ramziy ma’nosini ochib berishga intildilar.
Ishlanish uslubiga ko’ra puantilizm deb ataluvchi neoimpressionism oqimining asoschilari Jorj Sera, Pol Sinyak bo’lib, ular o’z asarlarini sof, toza spektr ranglar, ya’ni kamalakning yetti rangidan foydalanib, rang surtmalarini yonma-yon qo’yib rasm ishlash uslubini kashf etdilar. Ular qo’llagan rang surtmalari to’rtburchak va yumaloq shaklda bo’lganligi uchun ularning ish uslublarini puantilistik uslub deb atadilar (puantilizm – fransuzcha “puantillisme” – nuqtalar bilan ishlash).


  1. Download 3,91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish