TESTDAN NAMUNALAR
1. Bir bo’g’ini to’rt tovushdan iborat so’z berilgan qatorni toping.
A) to’rtlik C) aqlli
B) ikki D) ma’no
2. Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi.-gapida ko’chma ma’noda kelgan so’z qaysi?
A) sovuq C) qaynaydi
B) kun D) sovuq, qaynaydi
3. “Respublika” so’zida urg’u nechinchi bo’g’inga tushgan?
A) 2 C) 4
B) 1 D) 3
4. Qator undoshli so’zlarni ajrating. 1. Hikmat 2. Maslahat 3. Baxt 4. G’isht
5. O’rtoq 6. Daraxt 7. Hujjat
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 7
B) 2, 3, 7 D) 3, 4, 6
5. Qaysi javobda tutuq belgisi unlini cho’zish uchun ishlatilgan?
A) e’lon C) qat’iy
B) jur’at D) qit’a
6. Qo’sh undoshlardan birini tushirilganda, yangi ma’no hosil bo’ladigan qatorni toping. 1. Ushshoq 2. Tilla 3. Do’ppi 4. Qattiq 5. Yalla 6. Malla 7. Yo’lla 8. Chinni
A) 1, 2, 4, 6, 8 C) 3, 4, 5, 7, 8
B) 1, 2, 3, 5, 6, 8 D) 1, 2, 4, 5, 7, 8
7. Tarkibida yonma-yon bir xil udoshlar kelgan so’zlar qanday so’zlar?
A) qator undoshlar C) qo’sh undosh
B) yopiq bo’g’in D) ochiq bo’g’in
8. Metall, gramm kabi so’zlarga qo’shimchalar qo’shilganda qanday hodisa kuzatiladi?
A) tovush tushishi C) tovush almashishi
B) to’vush ortishi D) hech qanday
9. S va H yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda ular orasiga nima qo’yiladi?
A) hech nima C) vergul
B) tire D) tutuq belgisi
10. O’zbek tilida urg’u, asosan, qaysi bo’g’inga tushadi?
A) birinchi C) ochiq bo’g’inga
B) oxirgi D) yopiq bo’g’inga
11. Yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi qaysi?
A) fonetika C) grafika
B) orfografiya D) sintaksis
12. Nutq tovushlarining asosiy vazifasi nima?
A) so’zlovchiga ishora qilish C) o’zgaga ishora qilish
B) tinglovchiga ishora qilish D) so’zlarning ma’nolarini farqlash
13. Bo’g’iz tovushi qaysi?
A) q C) g
B) h D) k
14. Bir bo’ginli so’zlar berilgan qatorni toping.
A) ofat, yig’in C) tong, zang
B) soat, elak D) dala, taxt
15. Chuqur til orqa undosh tovushlari berilgan qatorni aniqlang.
A) ng, m, t C) x, g’, q
B) d, h, n D) k, g, ng
16. Til oldi undosh tovushlari berilgan qatorni aniqlang.
A) r, l, n C) v, f, ng
B) sh, b, x D) k, g, ng
17. Qaysi qatorda faqat jarangli tovushlarni ifodalaydigan harflar joylashgan?
A) b, v, g, d, j, z C) n, r, s, t, p, h
B) y, g’, l, m, k, x D) a, o, u, e, o’, i
18. Qaysi javobda faqat jarangsiz undosh tovushlani ifodalaydigan harflar joylashgan?
A) y, l, m, j, g, v C) sh, g, j, l, d, e
B) f, s, k, h, t, x D) a, o, u, e, o’, i
19. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda ng bir tovushni ifodalamoqda?
A) tonggi, ko’ngil, tebrangan C) zang, ko’ndalang, ingramoq
B) tanga, jang, menga D) ko’ngil, senga, kongress
20. Qaysi so’zlani yozganda tutuq belgisi tushirib qoldirilsa, ma’no o’zgaradi?
A) ma’qul, ma’mur, ma’no C) a’lo, a’zo, ba’zi
B) sa’va, qal’a, sur’at D) ra’no, da’vo, ma’no
21. Barchasi jarangli undoshlar bilan tugagan so’zlar qatorini aniqlang.
A) omad, bob, gaz, barg C) g’azab, kamgap, abjad, ko’p
B) holat, daromad, payt D) kitob, qo’lqop, xat
22. Barchasi jarangsiz undoshi tovushlar bilan boshlangan so’zlar qatorini aniqlang.
A) qishloq, g’azal, toza C) dala, zavq, g’azal
B) karam, sodda, xalq D) kitob, gul, tong
23. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda qator undoshlar qo’llangan?
A) baland, past, sust. C) quyosh, yurt, yoshlik
B) poyabzal, albom, me’mor. D) qand, qashqa, kitob
24. “Axloq-odob saboqlari” birikmasidagi saboqlari so’zining nechanchi bo‘g‘iniga urg‘u tushadi?
A) birinchi. C) uchinchi.
B) ikkinchi. D) to‘rtinchi.
25. Qo’sh unli kelgan so‘zlar qatorini toping .
A) manfaat C) shariat
B) tabiat D) qanoat
Do'stlaringiz bilan baham: |