YANGI DARSNING BAYONI
Kirish topshiriqlariga ko'ra nima qildi?, nima qilmoqchi? so'roqlariga javob bo'luvchi so'z keltiriladi. Masalan: o'qidi, kelmoq-chi. Ularni kim?, qachon?, qayerda? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar bilan o'quvchilarning o'zlari kengaytiradilar. Natijada Karim o'qidi. Do'stim bugun kelmoqchi kabi gaplar hosil bo'ladi. Fe'llarning yakka o'zlari ham bir gap bo'la oladi: O'qidi. Kelmoqchi. Bular yig'iq gaplardir. Ularning kengaytirilgan shakli esa yoyiq gaplardir. Shu kabi tushuntirishlardan keyin xulosa qilinadi: faqat kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap, boshqa bo'laklar bilan kengaytirilgan gap yoyiq gap deyiladi. Dars jihozi sifatida tavsiya etilgan quyidagicha gaplar havola etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |