Nazorat ishi
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad - o'zlashtirilgan nazariy ma'lumotlarni amaliy mustahkamlash;
Tarbiyaviy maqsad – ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad - og'zaki savodxonlikni o'stirish.
Dars turi: nazorat ishi
Dars usuli: test sinovi
Darsning jihozi: test banki.
Darsning rejasi:
1. test yechish qoidalari bilan tanishtirish.
2. test yechish.
TESTDAN NAMUNALAR
1. Yordamchi so’zlar qatorini toping.
A) ot, sifat, son C) ko’makchi, bog’lovchi ,yuklama
B) taqlid, modal, undov D) A, B, C
2. Qanday qo’shma so’zlar doim ajratib yoziladi?
A) qo’shma fe’l, qo’shma son C) qo’shma ot, qo’shma ravish
B) qo’shma son, qo’shma ot D) qo’shma ravish, qo’shma fe’l
3. Qaysi qatorda gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar berilgan?
A) olmosh C) son
B) bog’lovchi D) taqlid so’z
4. Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A) 4 xil C) 2 xil
B) 3 xil D) 5 xil
5. –mi, chi, -a , -ya, -ku, -da qo’shimchalariga qaysi qatorda to’g’ri ta’rif berilgan?
A) ot yasovchi C) yuklama
B) sifat yasovchi D) ravish yasovchi
6. Mavhum otlar berilgan qatorni toping?
A) baxt, kitob, olam C) ozodlik, tuygu, sevgi
B) armiya, xalq, poda D) Toshkent, Anvar
7. Son qaysi gapda kesim vazifasini bajargan?
A) Majlisda Faridaga so’z berildi. C) Ikkalasi qishloqqa ketishdi.
B) Sardorning bahonasi ko’p . D) Bizning sinfimiz maktabda birinchidir.
8. Harakatning belgisini bildiruvchi so’zlar qanday nomlanadi?
A) sifat C) fe’l
B) ravish D) olmosh
9. Berilgan qaysi turkumga oid so’zlarning ba’zilari o’zlari birikib kelgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yozilishi mumkin?
A) bog’lovchilar C) yuklamalar
B) ko’makchilar D) modal so’zlar
10. Predmet tomonidan bajarilgan ish-harakatni bildiruvchi so’z turkumi qanday nomlanadi?
A) fe’l C) ot
B) son D) ravish
11. Quyidagi zid ma’noli birliklardan qaysilari faqat yasama so’zlardan iborat?
A) Do‘st – dushman. C) Besabr – matonatli.
B) Badavlat – kambag‘al. D) Achchiq – shirin
12. Qaysi gapda ega sifat bilan ifodalangan?
A) Mard maydonda bilinadi. C) Kollej 1- sentyabrga ochilishi kerak.
B) U menga hijolatnamo qaradi. D) Qarorim qat’iy.
13. Qaysi qatorda yordamchi so‘z ifodalangan ?
A) Men ertaga kinoga boraman.
B) Salim bilan telefon orqali gaplashdim.
C) Maktabga boramiz.
D) Keldik - ketamiz.
14. Qaysi qatordagi birikmalar faqat ot so’z turkumiga mansub?
A) Po‘lat sovut, oq olma. C) Kumush qoshiq, moviy osmon.
B) Temir odam, oq yo‘l. D) Kumush qish, temir iroda.
15. Juft so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Apil-tapil, non-pon C) Achchiq-chuchuk, ota-ona.
B) Opa-singil, so‘m-po‘m. D) O‘qib-o’qib, yo‘l-po‘l.
16. Sifat qo’llanmagan qatorni toping.
A) Sho‘x, quvnoq, buyuk. C) Zim-ziyo, qop-qorong‘i.
B) Bilimli, chiroyli, eski. D) O’qish, ko’p
17. Qaysi qatorda olmoshdan yasalgan fe’l mavjud?
A) manmansiradi. C) boyidi.
B) shundaydir. D) ko‘paydi.
18. Kelasi zamon fe’li qatnashgan gap qatorini toping.
A) Qushlar to‘plandilar.
C) Bozorda mevalardan olma, anor, nok, shaftoli bor edi.
B) Dadamlarning o‘rtoqlri ko‘p.
D) 1 daqiqadan keyin “Axborot” boshlanadi.
19. Tuslangan fe’llar qatorini toping.
A) Keldim, kelding C) Kelguncha, kelgan
B) Kelgani, kelib D) Kelguncha, kelgani
20. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanib, ularga ishora qiluvchi so’zlar turkumi…?
A) sifat C) ko’makchi
B) olmosh D) fe’l
21. Sonlar qanday ikki turga bo’linadi?
A) dona va tartib sonlar C) miqdor va tartib sonlar
B) dona va miqdor sonlar D) sanoq va taqsim sonlar
22. “q” va “k” undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, o’zgarish yuz bermaydigan so’zlar qatorini toping.
A) nuproq, terak C) farq, ishtirok
B) quloq, idrok D) huquq, ertak
23. Egalik qo'shimchasi qo'shilganda, "i" yoki "u" unli tushib qoladigan so'zlar qatorini toping.
A) o'g'il, quduq C) huquq, qorin
B) burun, mag'iz D) singil, topshiriq
24. Belgi deganda qanday ma’nolar tushuniladi?
A) rang-tus, maza-ta’m C) narsa-buyumlar
B) shakl-hajm, xil-xususiyat D) A, B
25. Sifat gapda qanday holda aniqlovchi vazifasini bajaradi?
A) otga bog'lansa C) fe’lga bog’lansa
B) gap oxirida kelsa D) A va B
Uyga vazifa: takrorlash
Ko’rildi: _________________________14. 01.2017
IBM mudiri:____________ A. Mamataliyev
V “A” “B” “D” sinf Ona tili № 94/43
Do'stlaringiz bilan baham: |