Slayd 38
d) zamon ma’nosini ifodalaydi. Ravishdoshning zamon ma’nosini ifodalashi nisbiy zamon sanaladi. CHunki ravishdoshning zamoni shu gapdagi tuslangan fe’lning zamoniga nisbatan belgilanadi.
Ravishdoshlar zamon ma’nosiga ko`ra uchga bo`linadi: o`tgan zamon ravishdoshi, hozirgi zamon ravishdoshi, kelasi zamon ravishdoshi.
O`tgan zamon ravishdoshlari fe’l o`zak-negiziga –b (-ib), -gach (-kach, -qach) affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: qolib, o`qib, qolgach, o`qigach kabi.
Slayd 39
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakatdan ilgari bo`lgan harakatni yoki asosiy harakatdan oldin boshlangandek ko`rinsa ham ammo u bilan bir vaqtda yuz bergan harakatni anglatadi. Masalan: Zulfiya javob so`rab keldi gapida javob so`rab ravishdoshi asosiy harakatdan (keldi harakatidan) oldin ro`y bergan harakatni bildirsa, u kulib gapirmoqda gapida esa kulib ravishdoshi asosiy harakat (gapirmoqda harakati) bilan bir vaqtda yuz beradigan harakatni anglatadi.
Slayd 40
-b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh tuslanganda, o`tgan zamon hikoya fe’lini hosil qiladi.
Fe’l negiziga –gach (-kach, -qach) affiksini qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslanmaydigan ravishdosh bo`lib, u tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan ilgari uning bajarilishi (yoki bajarilmaslik) sababi yoki paytini ko`rsatadigan harakatni anglatadi. Masalan: Uch-to`rt kun mehmondorchilikda yurishgach, maktabdan qaytdilar (P.Tursun). Zorlanishdan, ichni eyishdan boshqa hech nima qo`lidan kelmagach, nima qilsin (M. Ismoiliy).
Slayd 41
Hozirgi zamon ravishdoshi fe’l o`zak-negiziga –a, -y affikslarini qo`shish bilan hosil qilinadi: bora-bora, ishlay-ishlay kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan asosiy harakat bilan bir vaqtda ro`y beradigan harakatni anglatib, uning bajarilish holati, paytini ko`rsatadi. Masalan: Toma-toma ko`l bo`lur, hech tommasa cho`l bo`lur (Maqol). Tog` oralig`idagi qalin qor eriy-eriy odam bemalol kira oladigan g`or bo`lib qolibdi (S.Anorboev).
Slayd 42
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar nutqda odatda, takroriy so`z shaklida qo`llanadi. YAkka holda ishlatilganda, ravishdosh anglatgan harakatdan tuslangan fe’l anglatgan harakatga tezlik bilan o`tilganlik ma’nosi hosil bo`ladi. Masalan: Sultonmurod kela o`qishga kirishdi.
Hozirgi zamon ravishdoshi tuslanib, hozirgi-kelasi zamon fe’lini hosil qiladi. Masalan: Sada tagidagi hovuzning suvida yaproqlar suzadi (S.Z.).
Slayd 43
Kelasi zamon ravishdoshlari fe’l negiziga –gani (-kani, -qani), -guncha (-kuncha, -quncha) affikslarini qo`shish bilan yasaladi: o`qigani, tinchiguncha kabi.
Bu affikslar bilan yasalgan ravishdoshlar tuslanmaydi. Fe’l negiziga –gani (-kani, -qani) qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatadi. Masalan: Men bugun yuragimni ochib gapirgani keldim (U.).
Slayd 44
Fe’l negiziga –guncha (-kuncha, -quncha) affiksini qo`shish bilan yasalgan ravishdosh tuslangan fe’l ifodalagan harakatning davom qilish vaqtining o`lchovi sifatidagi harakatni ifodalaydi. Masalan: Yo`lchi so`zlaguncha, Tantiboyvachcha qorong`ida yo`qoldi (O.).
Slayd 45
SHu bilan birga ravishdosh o`ziga xos sintaktik belgilarga ham ega, ya’ni:
a) gap tarkibida boshqa so`zlarni boshqarib kela oladi;
b) tuslanadigan ravishdoshlar tuslovchi olmagan holda hol va –b (-ib) affiksi bilan yasalgan ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi: Gulnorning egnida kaltagina qora (lapis) kamzul yuvila-yuvila yupqalashgan (O.). Ibn Iroq uning gapidan zavqlanib kuldi (M.Osim). Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva to`la patnis qo`yildi (O.).
Slayd 46
SHuningdek, tuslanadigan ravishdoshlar o`zlariga tobe bo`lgan so`zlar bilan sostavli hol sifatida, ravishdosh o`ram tarzida ajratilgan hol vazifasini ham bajaradi: Bozor darvozasi yoniga kelishganida bir to`da odamni ko`rib to`xtab qolishdi (O`.Hoshimov). Aprel oqshomlaridan birida Farida ikkovlari shahar aylanib yurib stadionga kirib qolishdi (O`.Hoshimov). Keng, baland, serhasham chodirda oltin shamdonlarni qo`yib, Navoiy yaqin beklari bilan suhbatlashib o`tirardi (O.).
Slayd 47
v) tuslanmaydigan ravishdoshlar gapda hol, ajratilgan ikkinchi darajali bo`lak va ergash gapning kesimi vazifasini bajarib keladi: Oradan uch oy o`tib hash-pash deguncha issiq kunlar etib keldi (S.A.). U oltinsoyliklarni kanal va buloq qazigani boshlab ketdi (SH.R.). SHartning nozik va qaltisligi ko`z oldiga kelgach, yuragi orqasiga tortib ketdi (H.N.). Asalxon karvon o`tib ketguncha, yo`l yoqasida qo`l siltab turdi (H.G`.).
Slayd 48
-gani (-kani, -qani) affiksi bilan yasalgan ravishdosh gapda faqat hol vazifasini bajaradi.
Sifatdosh. Predmetning harakat va holat belgisini bildiradigan, gapda sifatlovchi vazifasini bajarishga mos bo`lgan fe’l shakli sifatdosh deyiladi: So`zlayotgan kishining o`ziga emas, so`ziga e’tibor qil («Tafakkur gulshani»). Ko`chaning ikki chetidagi turli mollar bilan savdo qiluvchi do`konlar joylashgan (M.Qoriev) gaplaridagi so`zlayotgan, savdo qiluvchi sifatdoshlari kishi, do`konlar otlariga bog`lanib, uning harakat belgisini bildirib, sifatlovchi (aniqlovchining bir turi) vazifasini bajargan.
Slayd 49
Sergey Yesenin
Do'stlaringiz bilan baham: |