FSMU TEXNOLOGIYaSI
(F) – Fikringizni bayon eting;
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating;
(M) – Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
1-gurux uchun topshiriq
|
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlarini;
|
(F)
|
Fikringizni bayon eting;
|
|
(S)
|
Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating;
|
|
(M)
|
Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
|
|
(U)
|
Fikringizni umumlashtiring.
|
|
2-gurux uchun topshiriq
|
Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlarini;
|
(F)
|
Fikringizni bayon eting;
|
|
(S)
|
Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating;
|
|
(M)
|
Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
|
|
(U)
|
Fikringizni umumlashtiring.
|
|
3-gurux uchun topshiriq
|
Toshko`mir va uni qayta ishlash mahsulotlarini
|
(F)
|
Fikringizni bayon eting;
|
|
(S)
|
Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating;
|
|
(M)
|
Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
|
|
(U)
|
Fikringizni umumlashtiring.
|
|
7-ilova
Uyga vazifa:Mavzuga oid referat yozish
|
Adabiyotlar:
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
|
Mavzu : Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Neft, tabiiy gaz va toshko’mir. O’zbekistonda neft va tabiiy gaz manbalari.
Reja.
1. Neft va uni qayta ishlash mahsulotlarini;
2. Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlarini;
3. Toshko`mir va uni qayta ishlash mahsulotlarini;
4. O’zbekistonda neft va tabiiy gaz manbalarini.
Neft, tabiiy gaz, toshko`mir, qishloq va o`rmon xo`jaligi mahsulotlari organik birikmalarning asosiy xomashyo manbalari hisoblanadi.
Mamlakatimizda D. I. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma`dan konlari namoyon bo`lgan istiqbolli joylar mavjud.
Neft–to`q qo`ng`ir yoki deyarli qora rangli o`ziga xos hidli moysimon suyuqlik. U suvdan yengil, zichligi 0,73–0,97 g/cm3, suvda amalda erimaydi.
Tarkibi jihatidan neft–molekulyar og`irliklari turlicha bo`lgan gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iboratdir. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlar, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan uborat bo`lib, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo`ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar ham bo`ladi.
Mamlakatimizning Andijon, Farg`ona, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa mintaqalarida 160 dan ortiq neft konlari mavjud. Respublikamizda Buxoro (Qorovulbozor) va Farg`ona neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat yuritadi.
Neftning o`zi shunday holda odatda ishlatilmaydi. Neftdan texnikada qimmatli bo`lgan mahsulotlar olish uchun u qayta ishlanadi. Neftni ikki xil usul bilan qayta ishlanadi: birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash usullari.
Neftni birlamchi qayta ishlash uni haydashdan iborat. Neft neftni qayta ishlash zavodlarida yo`ldosh gazlardan ajratib olingandan keyin haydaladi. Neft haydalganda tiniq mahsulotlar: benzin (Tqaynash 40 dan 150–200 0C gacha), ligroin (Tqaynash 120–240 0C), kerosin (Tqaynash 150–300 0C), gazoyl–solyar moyi (Tqaynash 300 0C dan yuqori), qoldiqda esa–qovushoq qora suyuqlik–mazut olinadi. Mazut yana qayta ishlanib undan urchuq moyi, silindr moyi, vazelin, parafin ajratib olinadi. Mazutning haydashdan keyin qolgan qoldig`i neft qoramoyi yoki gudron deyiladi.
Benzin aviatsiya va avtomobil yoqilg`isi sifatida ishlatiladi. U odatda molekulalarida o`rtacha 5 dan 9 tagacha uglerod atomi bor uglevodorodlardan tarkib topgan bo`ladi.
Ligroin dizel yo`qilg`isi sifatida, lak–bo`yoq sanoatida erituvchi sifatida ishlatiladi. Uning ko`p miqdori qayta ishlanib benzinga aylantiriladi.
Kerosin reaktiv dvigatellar va traktor dvigatellari uchun, shuningdek uy–ro`zg`orda yonilg`i sifatida ishlatiladi. U molekulasida o`rtacha 9 dan 16 tagacha uglerod atomlari bor uglevodorodlardan tarkib topadi.
Solyar moyi motor yo`qilg`isi sifatida, surkov moylari esa mexanizmlarni moylash uchun ishlatiladi.
Vazelindan tibbiyotda foydalaniladi. Parafin yuqori karbon kislotalar olish uchun ishlatiladi, gugurt va qalamlar ishlab chiqarishda, yog`ochga shimdirish, sham, gutalin tayyorlash uchun ishlatiladi.
Gudron uchuvchan bo`lmagan qora massa, qisman oksidlangandan keyin asfalt olish uchun ishlatiladi.
Mazut qayta ishlanib surkov moylari va benzin olinishidan tashqari, undan qozonlarga yoqiladigan suyuq yoqilg`i sifatida ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |