IV.Yangi mavzu . Musiqada dinamik belgilar -O’qituvchi:Kompozitorlar, bastakorlar biror bir yangi musiqiy asarni yaratyorganlarida ularni ma’lum bir qismlarini kuchli yoki kuchsiz ijro qilinishini maxsus belgilar bilan ko’rsatadilar.Bu belgilar esa musiqa asarini yoqimli eshitilishiga yordam beradi.
Musiqada bu belgilar “dinamik belgilar” deb ataladi.Ularni nomlari italyancha so’zdan olingan bo’lib, butun dunyoda bir xil talaffuz etiladi.
P (piano)-kuchsiz
F (forte)- kuchli
O’qituvchi o’quvchilarga pianinodan kuchli va kuchsiz tovushlarni chalib ko’rsatadi. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasida ijro etilgan so’zlarni kuchli va kuchsiz xissalkarini tushunbtiradi. -O’qituvchi: -Tovushlarni asta-sekinkuchaytirib boruvchi belgilar bu-“kreshchendo” deb o’qiladi.
- tovushlarni asta-sekin pasaytirb boruvchi belgi bu-“diminuyendo” deb o’qiladi.
O’qituvchi cholg’u asbobida “Bahor valsi” ni ijro etib beradi va kuy orqali tovushlarni kuchaytirib hamda pasaytirib borilishini tushuntiradi. O’quvchilar “Bahor valsi” ni tinglaydilar va kuydagi kuchli va kuchsiz xissalarni aniqlab, uni munozara qiladilar. -O’qituvchi: Bolajonlar, keling endi sizlar bilan navbatdagi “O’yla, izla, top” deb nomlangan qiziqarli o’yinimizni o’ynaymiz. Bunda guruhlar tinglagan musiqalari qaysi xalq kuylariga mnsubligini, qaysi cholg’u asbobida ijro etilganini va kuyni tempini aytib berishadi,marhamat.
O’qituvchi uchta guruhga uch xil kuyni tinglatadi va ularni javoblariga qarab guruhlarni rag’barlantiradi. O’qituvchi dars yakunida uchta guruhni savatchalaridagi to’plagan meva va savzavotlarini sanaydilar va ko’p to’plagan guruhni g’olib deb e’lon qiladi. -O’qituvchi: Mana aziz o’quvchilar, darsimiz ham o’z yakuniga yetib keldi. Darsimiz davomida barcha guruhlarimiz faol qatnashishdi, lekin guruhlar ichida o’zining bilimi, qobilyati va zukkoligi bilan g’oliblikni qo’lga kiritgan (g’olib bo’lgan “Boychechak” yoki “Sumalak” yoki “Qaldirg’och” guruhlaridan birini nomini aytiladi) guruhni barchamiz qarsaklarimiz bilan qutlaymiz. Shu bilan birga dars jarayonida faol ishtirok etgan guruhlarning faol a’zolarini baxolab qo’yamiz.
O’qituvchi o’quvchilarni kundaliklariga hamda jurnalga baholarni qo’yadi. VI.Uyga vazifa. -O’qituvchi: Aziz o’quvchilar uyda “Buvijonim” qo’shig’ini mustaqil kuylashni mashq qilasiz hamda “dinamik belgilar” ni o’rganib kelasiz.
O’qituvchi musiqa ohangida O’quvchilar bilan xayrlashadilar .