Darsning mavzusi: Kirish darsi Darsning maqsadi


II.Uy vazifasini tekshirish



Download 1,7 Mb.
bet167/302
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#212632
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

II.Uy vazifasini tekshirish: “Guruhlar ishi”

O`tgan mavzuni so`rash uchun quyidagi jadvalni to`ldirish tavsiya etiladi:






Marafon

Fermopil

Salamin

Plateya

Urush bo`lgan sana













Urush bo`lgan joy













Galaba qildi













Forslar sarkardasi













Yunonlar sarkardasi














III.Yangi mavzu bayoni:

Yunoniston shaharlari birbirlari bilan urushayotgan paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi angchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardilar. Filipp II Yunonistonga qarshi harbiy yurish qilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etadi. Fiva va ayrim boshqa shaharlar aholisi Filipp II qo‘shinlariga qarshi Afi na ittifoqiga qo‘shiladi.



Mil. avv. 338- yilda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Beotiyadagi Xeroniya shahri yaqinida to‘qnashadilar. Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy hiyla qo‘llagan yunonlar ustunlikni qo‘lga oladilar.

Makedonlar chekina boshlaydilar. G‘alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo‘shinlari shunda ikki bo‘lakka ajraladi. Ana shu bo‘laklardan biriga Filipp II ning o‘g‘li Aleksandr qo‘mondonlik qilayotgan suvoriy qo‘shinlar qaqshatqich zarba beradi. Yunon qo‘shinlari chekina boshlaydi va tor-mor etiladi. Jangda yunonlarning aksariyati halok bo‘ldi. Xeroniya ostonasidagi jangdan so‘ng mag‘lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo‘lib qoldi.



«Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi», degan edi Demosfen. Bu mag‘lubiyatdan keyin Yunoniston aholisi o‘z qismatini qo‘rquv bilan kutib turishdi.

Biroq Filipp II o‘zini yunonlar podshosi deb e’lon qilmaydi. Filipp II yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi. Mil. avv. 337-yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari

Korinfga yig‘ildilar va Makedoniya hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shaharlari ittifoqini tuzdilar. Ular murosada tinch-totuv yashash, o‘zaro urushlar olib bormaslik va bir-birining ichki ishlariga aralash maslik to‘g‘risida bir qarorga keldilar. Biroq Filipp II forslarga qarshi yurishini amalga oshira olmasdan vafot etdi. Uning o‘g‘li Makedoniyalik Aleksandr hukmdor bo‘ldi.

O`qituvchi qo`shimcha ma`lumot sifatida Filipp II ning Sharqda Faylaqus deyilganini, Aleksandrning onasining ismi Olimpiada, otining nomi Butsefal bo`lganini aytishi mumkin.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish