Kalsiy vakili : Kalsiy ko’pgina qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar tarkibiga ham kiradi. Masalan, tabiatning ajoyib mo’jizasi bo’lgan dur – asosan kalsiy karbonatdan tuzilgan. Bu mo’jizani turli shoir va adiblar o’z asarlarida madh etishgan. Qani ayting-chi, qaysi metall birikmasi shunchalik maqtalgan?
Muhandis: Afsuski, durning go’zalligi abadiy emas-da! Hatto eng yaxshi sharoitlarda ham u qorayishi mumkin. Shu sababli, bu metall ham asosiy emas, deb hisoblayman. (ekranda yangi mavzuga doir videolavha ekranda namoyish etiladi. )
Tаjribа 1 Mаgniy gidrоkаrbоnаtning оlinishi
Tаjribа 2 Mаgniyning qiyin eruvchаn tuzini hosil qilish
Jаrаyon quyidagichа bоrаdi: Mg2+ + 2 NH4OH+HPO4- =H2O + NH4 MgHPO4
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Kalsiy va magniyning fizik xossalarini aytib bering?
Eng muhim kalsiy va magniy eng muhim birikmalari formulalarini yozing va nomini ayting.
Kalsiy va magniy birikmalari qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Uyga vazifa
1. Tilavov Qurbonmurod
2. Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumani
3.Qumqo’rg’on tumani 32-umumiy o’rta ta’lim maktabi
4.Fan nomi: kimyo
5.Sinfi:9-sinf
6.Mavzu: Kalsiy va magniyning eng muhim birikmalari. Ularning biologik ahamiyati va ishlatilishi.
Annotatsiya
Men kimyo darslarini o’tishda turli dars metodlaridan foydalanishga harakat qilaman “ Kalsiy va magniyning eng muhim birikmalari. Ularning biologik ahamiyati va ishlatilishi ” mavzusidagi darsimda “Klaster”, “Aqliy hujum”, “ Tushunchalar tahlili ”, “ Venn diagrammasi ” metodlaridan, “ Xatosini top”, “ Viktorina”, “Kim chaqqon”, “Zanjirli reaksiyalar” o’yinlaridan foydalandim.
“Klaster”dan uyga vazifani mustahkamlashda qo`llanilganda o`quvchilar natriy va kaliy mavzusi yuzasidan ko`proq ma`lumotlarni berishga harakat qilishadi.
Yangi mavzuni tushuntirishni konferensiya metodidan boshladim. Bunda darsda turli kasb vakillari o’qituvchi bergan kalsiy va magniyga oid savolarga o’zlarini fikrlarini yoritib berishadi.
Yangi mavzuni mustahkamlashda quyidagi o`yin va metodlardan foydalandim: “Xatosini top” , “Zanjirli reaksiyalar” o`yini orqali o`quvchilarning mavzuni o`zlashtirgani va reaksiya tenglamalarini to’g’ri yoza olishlari tekshiriladi.
“Venn diagrammasi” metodi orqali kalsiy va magniyning xossalari taqqoslanadi. Ularning o`xshash va farqli jihatlari aytiladi. Bunda o`quvchilarda taqqoslash orqali kalsiy va magniyni farqlay olish ko`nikmasi shakllanadi.
“Tushunchalar tahlili” metodi orqali berilgan masala va topshiriqlarni o’zlashtirilganini aniqlash maqsadida o`quvchilar guruhlarga ajratiladi va doskada berilgan to`g`ri tahlil orqali o`zini o`zi qanchalik mavzuni o`zlashtirganini tahlil qiladi.
Dars jarayonida AKT va turli xil metodlardan foydalanish orqali yuqori natijaga erishdim
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
Kimyo 9-sinf darsligi.
Kimyodan ma’lumotnoma
Elementlar davriy jadvali
“Yosh ximik” ensiklopediyasi.
Kimyodan metodik qo’llanma.
Do'stlaringiz bilan baham: |