IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 7 - “A” _______________ 7 - “B”________________ 7 - “V”_________________ Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga Xorazm davlatining vujudga kelishi, rivojlanishi, davlatning keyingi tarixi va Xorazmshohlar davlati davrida O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy hayotida yuz bergan o’zgarishlar haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – O’quvchilarni milliy o’zlikni anglash, vatanimiz tarixiga hurmat va iftixor ruhida tarbiyalash, o’quvchilar qalbida milliy g’ururni shakllantirish, tarixiy ongini ustirish. Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: XORAZM DAVLATI VA UNING YUKSALISHI
Xorazmshohlar davlati IX–X asrlarda tohiriy, safforiy va somoniylar qo’l ostida bo’lgan. X asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan yana tez rivojlana boshlagan. X asrning oxiriga borganda VIII asr boshlaridagi mavjud uchta shaharlarning soni o’ttiz ikkitaga yetgan. Savdo aloqalarini kengayishida ayniqsa Gurganch (Urganch) shahri muhim rol o’ynagan. Uning hokimi «Gurganch miri» nomi bilan ulug’langan.
995–yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi. Shu tariqa afrig’iylar sulolasi barham topib. Ma’muniylar hukmronligi boshlandi. Ko’hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma’muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shahar va qishloq (qaFa)larga ajratilib boshqarildi.
Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma — devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo–tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar bilan shug’ullanadigan mahkamalar faoliyat ko’rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan bin vazirlik — xo’jayi buzruk unvoniga ega bo’lgan. U devonxona ishlariga mas’ul bo’lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan.
Ma’muniylar davrida Xorazmda ilm–fan va madaniyat ravnaq topib, Ma’mun akademiyasi — «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi») tashkil etiladi. Ushbu ilmgohda buyuk qomusiy olimlar ijod etganlar, o’z kashfiyot va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeyini yuksak darajaga ko’targanlar. Biroq, bu madaniy yuksalish uzoq davom etmagan.
O’rta asrlarda tashkil topgan Xorazmshohlar davlati Old va O’rta Osiyoning eng yirik davlatlaridan biri edi.
1017–yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt etilib, o’z mustaqilligidan mahrum bo’lgan Xorazm ko’p vaqt o’tmay (1040) Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o’z ma’murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi.
XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi g’arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi sharqiy hududlari G’azna viloyatidan, shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o’tar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |