II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Bu bosqichda o’quvchilarning o’tilgan mavzuda olgan bilimlarini takrorlash va mustahkamlash uchun har bir guruhga alohida topshiriqlar ekspertlar tomonidan o’qib eshittiriladi.Har bir guruh o’ziga berilgan topshiriq ustida 2 daqiqa ishlaydi va 2 daqiqadan ma’lumotlarini taqdim etadi.
I-Guruh topshirig’i
II-guruh topshirig’i
III-guruh topshirig’i
IV-guruh topshirig’i
Shimoliy Afrika haqida ma’lumotlarni taqdim etish,hozirgi kundagi ahvoli bilan bog’lab bayon etish;
G’arbiy Afrika haqida ma’lumotlarni taqdim etish,hozirgi kundagi ahvoli bilan bog’lab bayon etish;
Yevropa davlatlari tomonidan Afrika qai’asining mustamlakaga aylantirilishi haqida ma’lumotlarni taqdim etish;
Afrikaning barcha hududlarini xarita orqali ko’rsatish,hozirgi va 1870-yillardagi hududi bilan solishtirish.(xarita bilan ishlash)
III.Yangi mavzu bayoni: “Brifing” metodi yordamida taqdim etiladi. Bu davrda Buyuk Britaniyada sanoat gurkirab rivojlandi. To‘qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o‘rinni egalladi. Mashinalashgan ishlab chiqarish oqibatida 1816-yilda J Buyuk Britaniyada mashinalar 150 mln odamning qo‘l mehnatiga teng ishni bajardi. Vaholanki, bu davrda Buyuk Britaniya aholisi 12 mln kishini tashkil etardi. Sanoat taraqqiyoti transporting yangi turi pay do bo ‘lishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. Buning aks sadosi o‘laroq, 1825-yilda Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi temiryo‘1 qurildi. Bu hodisa mamlakatning turli mintaqalarini bir-biri bilan tutashtirilishini hamda yuk tashishning arzonlashuvini ta’ minladi. Ayni paytda ichki bozor keng ay di. Oqibatda zavod va fabrika egalari mumkin qadar ko ‘proq mahsulot ishlab chiqara boshladilar. Temiryo‘1 qurilishining boshlanishi, o‘z navbatida, cho‘yan, temir va po‘latga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi tarmog ‘i – parovozsozlik paydo bo‘ldi. Bu esa qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratishga imkon berdi. XIX asr insoniyat tarixiga bug‘ asri bo‘lib kirgan Mamlakat hayotidagi bu o‘zgarishlar Buyuk Britaniyaning «dengizlar hukmroni» mavqeini yanada mustahkamladi. Tuproq yo‘llar o ‘rnini asfalt yo‘lliar egallay boshladi. Bu esa savdo ekipajlari qatnoviga sarflanadigan vaqtni ikki marta qisqartirishga imkon berdi. XIX asrning 40-yillariga kelib qishloq xo‘jaligida mashinalar va kimyoviy o‘g‘itlar ishlatish boshlandi. Katta- katta sanoat korxonalarini qurish davom etdi. Temiryo‘liar va yirik sanoat korxonalari qurilishi katta mablag‘ ham talab etgan. Bu esa tijorat banklarining qudratini yanada orttirgan. U endi xalqaro miqyos kasb eta boshlagan. Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuviro‘y berdi. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo‘jaligidan sanoatga o‘tdi. Buyuk Britaniya dunyoning birinchi industrial davlati bo‘lib qoldi. XIX asrning 60-yillari oxiriarigacha bo‘lgan davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti yangi bir hodisa – sanoat to‘ntarishi tugallanishining ro‘y berishiga olib keldi. Sanoat to‘ntarishining tugallanishi - bu mashinalarning o‘zini endi boshqa mashinalar yordamida ishlab chiqarish boshlandi , degani edi. Buyuk Britaniyada esa bu hodisa XIX asrning 50- yillarida yuz berdi. Sanoatda bug‘ mashinasi asosiy kuch bo‘lib qoldi. Toshko‘mir yoqilg‘ining eng muhim turiga aylandi. Buyuk Britaniya parlamenti 1825-yilda ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqargan. Natijada parlament islohoti o‘tkazish masalasi zaruratga aylandi. Bu jamiyatda yetilgan muammolarni tinch yo‘1 bilan hal qilish, degani edi. Oxir-oqibatda 1832-yilda parlament islohoti o‘tkazildi. Islohot parlamentga saylov tartibini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin ajratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy jihatdan ham hukmronligini mustahkamladi. Islohot parlamentning yuqori va quyi palatalarining vakolatlari masalasini ham chetlab o‘tmadi. Chunonchi, quyi palataning mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni oshirildi. U mamlakat budjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi. Buyuk Britaniya hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo‘yildi. Quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumat iste’fo berishga majbur bo‘ladigan tartib o‘rnatildi. 1832-yilgi islohotdan so‘ng saylangan yangi parlament 1833-yilda 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar mehnati esa taqiqlandi. 1832-yilgi parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni batamom to‘xtata olmadi. 1836-yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov huquqini kengaytirish masalasida parlamentga uch marta xartiya (chartiya) — yorliq topshirdi. Umumiy saylov huquqi uchun boshlangan bu harakat tarixga chartistlar harakati nomi bilan kirdi. Bu harakat garchand yengilgan bo‘lsa-da, keyingi parlament islohotlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. 1867-yilda ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, shaharlarda o‘z uyiga ega bo‘lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. Buning natijasida saylovchilar soni 1832-yildagi 600 ming kishidan bir yo‘la 2 mln ga yetdi. XIX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniya sanoatning rivojlanish darajasi, savdoning ko‘lami va dengizdagi qudrati jihatidan dunyoda o ‘z ustunligining cho‘qqisiga yetdi. Bu qudrat unga mustamlakalari ustidan hukmronlikni yanada mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini berdi. Ingliz hukumati yer yuzining strategik jihatdan muhim mintaqalarida qudratli harbiy-dengiz bazalari qurishga va tayanch hududlarni qo‘lga kiritishga alohida e’tibor berdi. Buyuk Britaniya XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi mobaynida dengiz va okeanlar orqali o‘tadigan jahon yo‘llarida tayanch punktlarni: Gibraltar (O‘rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga chiqish ustidan nazorat), Adan (Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqish), Keyptaun (Ezgu Umid burnida-Afiikaningjanubiy qismi), Singapur (Hindiston bo‘sag‘asi), Gonkong (Xitoy bo‘sag‘asi)ni bosib oldi. Ana shu harbiy bazalarga va o‘z harbiy flotining juda katta ustunliklariga tayanib, Buyuk Britaniya XIX asming o‘rtalarida eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi. Angliya mustamlakalaridan eng yirigi bo‘lgan Hindistonning bir o‘zida 300 milliondan ko‘proq, ya’ni Buyuk Britaniyaning o‘zidagiga nisbatan taxminan 10 baravar ko‘p aholi yashar edi. Buyuk Britaniya tashqi siyosatda «nifoq solib, hukmronlik qil» qoidasini ustalik bilan qo ‘lladi. Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik siyosatida «oq» koloniyalarga katta e’tibor berdi