Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga Buxoro amirligining davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqaruvi haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi, guruhlarda ish
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita , doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar, vatman qog’oz, skotch
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: Savol-javob. 1.Nodirshoh istilosi qanday oqibatlarga olib keldi? 2.Ashtarxoniylar davlati qay tariqa inqirozga yuz tuta bordi? 3.Mang’itlar qay tariqa hokimiyattepasiga keldilar? 4.Muhammad Rahimbiyning mamlakatni birlashtirish siyosati haqida so’zlab bering. 5.Bir eshakka yuk bo’ladigan og’irlik o’lchovi nima deb ataladi?
Yangi mavzu: Kichik ma’ruza. Buxoro davlat tuzumiga ko’ra monarxiya davlati edi. Ma’muriy jihatdan viloyat va tumanlarga bo’lingan. Yer maydoni taxminan 270 ming km kv, aholisi 2 mln atrofida bo’lgan. Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va viloyatini qo’shbegi boshqargan.
Buxoro xonligi saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Masalan, bosh vazir qo’shbegi deb atalgan, devonbegi soliqlar undirilishi ustidan nazorat qilgan, mirshab tungi shahar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan, miroxur amir otxonasining boshlig’I bo’lgan, kitobdor amir kutubxonasining boshlig’I bo’lgan, sadr vaqf mulklarining boshqaruvchisi vazifasini bajargan. Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan. U Ark etagida yashagan.
Ko`kaldosh - butun amirlik hududida do`stona yoki dushmanlik munosabatida bo`luvchilar haqida ma'lumotni to`plagan.
Mushrif - amaldorlar xonga in'om etgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.Mirshab - tungi shahar soqchilari boshlig`i vazifasini bajargan.Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor bo`lgan.Inoq - vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo`lgan.Miroxur - amir otxonasining boshlig`i bo`lgan.Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas'ul amaldor.Kitobdor - amir kutubxonasi boshlig`i.To`qsabo - harbiy qism sarkardasi.Parvonachi - biror-bir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o`sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.Sadr - vaqf mulklarini boshqaruvchi.Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig`i; qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonlarga rioya etilishini ta'minlovchi, hukmdorning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo`lib ham o`tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |