Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,o’a-o’zini boshqarishga yo’naltirish,ularning nutq madaniyatini o’stirish,ularda hozirjavoblik,topqirlik kabi xususiyatlarni shakllantirish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan’anaviy (Kichik guruhlarda o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, xarita,atlas,tarqatmalar.
b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor,
Darsning texnologik xaritasi:
T/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
Uy vazifasini so’rash.
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
8 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: (salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligiga e’tibor berish.
II.O’quvchilarni darsga hozirlab,muloqot muhitini yaratish.
III.O’quvchilarni 3 guruhga ajratish.
1.guruh-“Yevropa”
2-guruh-“Osiyo”
3-guruh-“Afrika”
4-guruh-“Amerika”.
IV.Uy vazifasini so’rash uchun o’quvchilarni doskaga ilingan vatman qog’ozdagi test savollarini guruhlardan bittadan o’quvchi chiqib javobni topish.
Har bir guruhga 5tadan test savollari beriladi.
O’qituvchi javobni tekshirib ball beradi.
V.Ax4 qog’oziga chizilgan jadvalni to’ldirish.
T.r
|
OKEANLAR.
|
Botiqlari nomi, chuqurligi.
|
1.
|
Tinch
|
|
2.
|
Atlantika
|
|
3.
|
Hind
|
|
4.
|
Shimoliy muz okeani.
|
|
VI.Jadvalni takshirib ball berish.
Yangi Mavzu bayoni;
Asosiy xususiyatlari.Ekvator o’rtasidan va bosh meridian g’arbidan kesib o’tgan yagona materik,eng katta cho’llar bor,eng issiq materik,eng yuqori harorat kuzatilgan,eng uzun va Sharqiy yarimsharning eng sersuv daryolari bor,eng pakana “o’rmon odamlari”eng yirik maymunlar,eng yirik sutemizuvchilar yashaydi,qirg’og’ieng kam parchalangan,Buyuk Afrika yer yorig’I bor,har ikkala kengliklar bo’yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari
takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun(750 km) va chuqur Tanganika(1470m) ko’li bor,olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda.Ma’lumki,Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taqsimlangan.Jumladan,Shimoliy yarimsharning 39%i,Janubiy yarimsharning esa19%iquruqlikdan iborat.
Geografik o’rni. Afrika-to’rtta yarimsharda joylashgan yagona materik.Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi.Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan.Gibraltar bo’g’izi orqali Yevropa, Suvaysh bo’yni orqali Osiyo qit’alari bilan tutashib turadi.Materikning shimoliy va g’arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari,shimoli-sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi.Afrikaning qirg’oqlari kam parchalangan bo’lib,uzunligi 30500 km ga teng.
O’rganish tarixi.Afrika materigi dastlab liviya deb atalgan.Olimlarning fikricha, Afrika so’zi eramizdan avvalgi II asrdan qo’llanilgan.Fransiyalik olim Gaffarel va boshqalarning fikriga ko’ra, materikning shimoli-g’arbiy qismida (Tunis,Marokash yerlari) yashagan qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan.
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi.6000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. Afrika tabiatini,aholisining urf-odatlarini,xo’jaligini o’rganishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o’rni bor.U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini(1325-1349 yil) Sahroyi Kabirning g’arbiy qismini,Niger daryosining yuqori oqimidan o’rta oqimigacha o’rgangan.XV asr gollandiyaliklarning Afrikani o’rganishida muhim bosqich bo’lsa-da,unga qora kunlarni –qullar savdosini keltirdi.1487 yilda Bartolomey Diash Afrikaning Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o’rgandi.1497-1498 yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o’tib,1498 yil 20 mayda Hindistonning Kalkutta portiga yetib keldi.U yevrpaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi.Afrikaning ichki qismi tabiatini o’rganishda ingliz tadqiqotchisi Devid Livingstonning xizmatlari katta bo’ldi.U Kalaxari cho’lini,Zambezi daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimlarini,Nyasa,Tanganika ko’llarini o’rgandi.Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Afrikaning asosiy xususiyatlarini ayting?
2. Afrikaning geografik o’rni?
3.Afrikaning o’rganilishida Bartolomey Diashning xizmatlari?
4.Afrikaning o’rganilishida Vasko da Gama va Devid Livingstonning xizmatlarini ayting?
Yuqoridagi berilgan savollarga javob berganliklari uchun guruhlarga ball beriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun “Xatosini top” o’yini o’tkaziladi.
1.Afrika to’rtta yarimsharda joylashgan yagona va eng katta materik.
2.Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi,Gibraltar bo’g’izi orqali Osiyo bilan tutashib turadi.
3.Afrika qirg’oqlari kam parchalangan bo’lib,uzunligi 7500 km ga teng.
4.Vasko da Gama Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi,Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi.
Xulosa. Dars yakunida Guruhlarga qo’yilgan ballarni hisoblab g’olib guruh aniqlanadi va Uyga vazifa beriladi.
Uyga vazifa. Mavzuni o’qib savol va tayanch so’zlarga javob yozish yozuvsiz xaritasini chizib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |