hujjatlarini buzish Mazkur modda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan ariza berish,davlat hokimiyat organlari, korxonalari, muassasalari va jamoat hayotining boshqa sohalari faoliyatini erkin tanqid qilish huquqini jinoyat huquqi tomonidan himoya qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Vijdon erkinligini buzish Jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishda ifodalanadi. Vijdon erkinligi diniy faoliyatning faqat qonun doirasida amalga oshirilishidir.Voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga jalb etish, diniy tashkilot faoliyatida ishtirok etishga ko‘ndirishga qaratilgan qilmish sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan jinoyat, deb e’tirof etiladi. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Fuqarolarning erkin ovoz berish huquqi, saylovlar yoki referendumlarni tashkil etish, o‘tkazishning belgilangan tartibiga qarshi harakat yoki harakatsizlikdir. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish
Jinoyat obyekti – insonning saylash yoki saylanish,saylovoldi tashviqotini olib borish, referendumni o‘tkazishda ishtirok etish, saylovoldi tashviqot olib borish
nomzod shaxs ishonchli vakillarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir. Mehnat qilish huquqini buzish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlangan. Asosiy qonunning 37-moddasida: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb belgilab qo‘yilgan. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish Fuqaroning intellektual mulkini himoya qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi, xususan, mualliflik yoki ixtirochilik huquqining buzilishidir.Jinoyat mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilinishida ifodalanadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Fuqarolarning turar-joy daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikka tortishning shartlari
nimalarda ifodalanadi?
2. Fuqarolarning xususiy hayoti to‘g‘risidagi axborotni tarqatish jinoiy javobgarlikka asos
bo‘ladimi? Fikringizni asoslang.
3. Saylov huquqini yoki ishonchli vakil vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish harakatlari nimalarda ifodalanadi?
4. Voyaga yetmagan 16 yoshli shaxs birovning xatini so‘roqsiz o‘qigani va mazmunini do‘stlariga gapirib berganligi uchun javobgarlik mavjud bo‘ladimi?
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: O‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.Ijodiy faoliyat qismidagi berilgan mavzuga oid O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini o’rganib chiqib,yod olib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |