Yangi mavzu bayoni. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlarga: odam savdosi,ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish,odam o‘g‘rilash,zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish,tuhmat,haqorat qilish kiradi.Ushbu jinoyatlarning obyekti shaxsning ozodligi,sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Jinoyatlar to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladi. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish, ayolning roziligisiz uylanish maqsadida uni o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish ham jinoyat sanaladi. Odam o‘g‘rilash Mazkur jinoyatning obyekti odamning erkinligi,ya’ni istagan yerida bo‘lishi erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munisabatlar hisoblanadi.Bu jinoyatga Jinoyat kodeksining 245-moddasida nazarda tutilgan hollardan tashqari barcha turdagi odam o‘g‘rilashlar kiradi.Odam shaxsiy erkinligidan mahrum qilingan paytdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Tuhmat
O‘rganilayotgan jinoyat uch qismdan iborat. Tuhmatning obyekti shaxsning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi. Sha’n insonning ichki axloqiy qadr-qimmati, halolligi, oliyjanobligi, vijdoni, umuman olganda, sha’n insonning ma’naviy va ijtimoiy fazilatlarini belgilovchi tushuncha. Jinoyat tuhmat yolg‘onligini bila turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalarni tarqatishda ifodalanadi. Aniq dalillarga ishora qilinmagan umumiy ma’lumotlarni oshkor etish tuhmat hisoblanmaydi.Uydirmalarni tarqatish usuli har xil, masalan, og‘zaki,yozma, biror tasvir ko‘rinishidagi lavha va hokazo bo‘lishi mumkin. Jinoyat yolg‘onligi oldindan ayon bo‘lgan ma’lumotlar tarqatilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Haqorat qilish Haqorat qilish shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlashdan iboratdir. Haqorat qilish og‘zaki yoki yozma ravishda bo‘lishi mumkin.Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan
tahqirlashga qaratilgan xatti-harakat sodir etilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar tarkibiga mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan huquqlarni buzish kabi
jinoyatlar kiradi. Bular: fuqarolarning teng huquqliligini buzish;shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;vijdon erkinligini buzish;saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish;mehnat qilish huquqini buzish;mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish Bu jinoyat shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatishda ifodalanadi.Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish Jinoyat yashovchilarning erkiga qarshi zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda turar joyga bostirib kirishda ifodalanadi.Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish Jinoyat shaxslarning pochta-telegraf xabarlari yoki telefonda so‘zlashuvning mazmuni va hokazolar bilan
g‘ayriqonuniy tanishuvida yoxud fuqarolarning xatlari,telegrammalari, telefaks orqali, elektron pochta va h.k.orqali xabar qilinayotgan ma’lumotlarni shu axborotlar egasining roziligisiz oshkor etilishida ifodalanadi.Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun
Do'stlaringiz bilan baham: |