Darsning maqsadi: a ta`limiy: O`quvchlarga vaqt o`lchov birligi, yil,Oy,Hafta, Kun haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy



Download 58 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi58 Kb.
#18530
MAVZU: Vaqt o`lchov birligi.

DARSNING MAQSADI:

A)TA`LIMIY:O`quvchlarga vaqt o`lchov birligi, yil,Oy,Hafta, Kun haqida ma’lumot berish;

b)TARBIYAVIY:O`quvchlarni vaqtdan unumli foydalanishga, vaqtni,har,o’tgan kunini qadrlashga o’gatish;

d)RIVOJLANTIRUVCHI:O O`quvchlarga vaqt o`lchov birligi, yil,Oy,Hafta, Sutka va Kun haqidagi bilimlarini rivojlantirish;

DARSNING TURI: Yangi bilim beruvchi.

DARSNING USLUBI: Tushintirish,suhbat,nazorat qilish, rag’batlantirish, namuna.

Didaktik mashiqlar: “Meni tushun”, “Siz buni bilasizmi?” , “Muzyorar” mashiqlari, “Bilaman, bilib oldim, bilmoqchman”, muammoli izlanish.

Dars jihozlari: multimedia ilovasi, slaydlar, AKT, test topshiriqlari,darslik,ko`rgazma.

Darsning borishi:

Bugungi dars ,,vaqting ketdi-baxting ketdi”shiori ostida tashkil etiladi.



1.Tashkiliy qism

-salomlashish,o`quvchilarning darsga tayyorliklarini tekshirish;

-navbatchi axborotini tinglash

-o`quvchilar davomatini aniqlash



2.O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash;

-Aziz bolajonlar biz o`tgan darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz va uyga qanday vazifa berilgan edi?.

O`tilgan mavzu asosidan test topshiriqlari beriladi.

Test topshriqlari:


  1. “ ___________ bor joyda hayot bor” iborasida tushirib qoldirilgan so`zni toping.

a) non; b) suv; c) tabiat; d) o`simliklar/

2. yer yuzining necha qismini suv qoplagan?

a) uchdan ikki qismini. b) ikkidan uch qismini.

c) uchdan bir qismini. d) to`rtdan uch qismini.

3. Yer yuzida suv kam bo`lgan joylar qanday ataladi?

a) o`rmon; b) cho`l; c) ko`l; d) botqoq.

4. Suv qayerlarda oqadi?

a) okeanda; b) dengizda; s) ariq va daryolarda; d)ko`llarda/

5. suv necha holatda bo`ladi?

a) 3 holda; b) 2 holda; c) 4 holda; d) 5 holda.

Test topshiriqlari bo`yicha javoblarni aniqlab,o`quvchilar bir-birlariga savollar beradilar, javoblar umumlashtiriladi/


  • Tabiatda suvning aylanishini tushuntirib bering.

Animatsiya yordamida mavzuni tushuntirish.

- Suvni iflos qilmaslik, undan unumli foydalanish haqida nimalarni bilasiz?

O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, BBB xulosalanadi.

3.Yangi mavzu bayoni:

,,Meni tushun “ mashqi.

,,Biz unga qarab kun tartibimizni tuzamiz,vaqtimizni taqsimlaymiz, maktabga kelamiz, darsda o`tiramiz …” Nima haqida fikr yuritilyapti?(soat).

Soat bilan nimani hisoblaymiz ?(Vaqtni.)

O`quvchining bayoni slaydlar orqali namoyish etiladi.

Vaqt hisobiga Yerning o`z o`qi va Quyosh atrofida aylanishi asos qilib olingan ,

Yerning o`z o`qi atrofida bir marta aylanishi sutka deyiladi. asos qilib olingan.

Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt – 1yil.

1 yil-12 oy;

1 oy –o`rtacha 4 hafta;

1 hafta -7 kun;

1 sutka – 24 soat;

1 soat – 60 minut;

1 minut – 60 sekund.

Texnika vositasidan foydalanib, hafta kunlari, oy nomlarini ingliz tilida talaffuzga e’tibor bergan holda aytish kerakligi ta’kidlanadi. Hafta kunlari ingliz tilida so`raladi.

Dushanba – Monday

Seshanba - Tuesday

Chorshanba – Wednesday

Payshanba _ Thursday

Juma _ Friday

Shanba _ Saturday

Yakshanba _ Sunday

Oy nomlari ham slaydlar orqali ingliz tilida beriladi.



Dam olish daqiqasi.

,, Soat” qo`shig`I texnika vositasidan eshitirilib, harakatlari bilan bajariladi.

Darslik bilan ishlash:

Matn ustida ishlash, tayanch so`zlar bilan ishlash.

Yil, oy, hafta, kun, sutka, soat, minut,sekund, sana, so`zlariga izoh beriladi.

,,Siz buni bilasizmi?” mashqi:

Bunda guruhdagi bolalardan navbat bilan quyidagi savollarga javob berishlari so`raladi.



  1. Soatning kichik va katta millari nimalarni bildirishini aytib bering.

  2. Har bir fasldagi tengkunliklarni aytib bering. Nima uchun tengkunlik deyiladi?

  3. Har biringiz tug`ilgan yil, oy, kuningizni bilasizmi?

  4. Mamlakatimizda qachon qanday bayramlar bo`lishini bilasizmi?

IPT Multimedia ilovasi yordamida quyidagi didaktik mashq

bajariladi. Bayram nomi bilan sanasini chiziq orqali

tutashtirish lozim.



21-mart




Navro`z bayrami

8-mart




Ustoz va murabbiylar bayrami

1-oktabr




Onajonlar bayrami

1-sentabr




Xotira va qadrlash kuni

9- may




Mustaqillik bayrami

1- iyun




Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

2- aprel




Vatan himoyachilari kuni

14- yanvar




Butunjahon bolalar adabiyoti kuni

8- dekabr




O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni

21-oktabr




O`zbegiston Respublikasi Ronstitutsiyasi kuni

O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, xulosalash.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash:

,,Muzyorar” mashqi ekran orqali namoyish etiladi.

Mashqning maqsadi o`quvchilarning vaqt o`lchovi birligini to`liq bilib olishlariga erishishdan iborat.

O`quvchilarning mashqini to`g`ri bajarishlari kuzatilib, rag`batlantiriladi/

Qiziqarli ma’lumotlar.

Vaqtni aniqlaymiz
Zamonaviy soatlar ham birdan paydo bo`lmagan. Dastlab quyosh soatlari yasalgan. Eng soda yerga yog`och qadalib, uning atrofida doira chizilib, doira ichi bir necha bo`lakka bo`lingan. Kun davomida quyoshning ko`kdagi harakati tufayli yog`ochning soyasi bir bo`lakdan ikkinchisiga o`tgan. Quyosh soatlaridan faqat havo ochiq bo`lgandagina foydalanish mumkun/ Tunda bunday soatlar keraksiz bo`lib qoladi. Keyinchalik ularning o`rnini qum, suvsoatlar va olovsoatlar egallagan.Biroq ularning hech biri vaqtni aniq hisoblay olmaydi. O`rta asrlarda shahar hayotini boshqarishda har bir uydan ko`rish va bongini eshitish mumkun bo`lgan markaziy minoralarga o`rnatilgan soatlarning o`rni katta bo`lgan.

Ilk mexanik soatlar juda ulkan bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan odamlar kichkina soatlarni yasyshni bilib olishgan.Dastlab cho`ntak soatlar, so`ng qo`l soatlari yasalgan. Mexanik qo`l soatlarni qo`l bilan burab turish kerak, kvarssoatlar esa batareyalar bilan ishlaydi. Mexanik soatlar o`rnini electron soatlar egalladi.


Mustahkamlovchi test topshiriqlari.

1. Yer o`z o`qi atrofida bir marta aylanib chiqishiga ketgan vaqt numa deyikadi?

a) 1 yil; b) sutka; c) oy; d) fasl.

2. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi….


a) 1 yil; b) oy; c) sutka; d) 4 oy.


  1. Haftaning 3-kunini belgilang.

a) dushanba; b) seshanba;

c) chorshanba; d) payshanba.

4. Haftaning yettinchi kuni…

a) shanba; b) juma; c) eakshanba; d) seshanba.

5. 1 yil necha fasldan iborat?

a) 12; b) 4; c) 3; d) 24.



5. O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash:

__ Bugungi darsdan nimalarni o`rgandingiz?

Barcha o`quvchilarning javoblarini eshitish, qabul qilish, umumlashtirish.

__ Bugungi darsdagi ishtirokingiz uchun rahmat.

Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanib, rag`batlantiriladi.

6. Uyga vazifa:

__Darsligimizning 45-46-sahifasidagi rasmlarni kuzatib, o`z fikringizni izohlab berishga tayyorlaning, savollarga javob yozib, topshiriqni bajaring.


Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani

XTMFMTva TEB tasarrufidagi



28 – umumta`lim maktabi boshlang`ich

sinf o`qituvchisi Mamadaliyeva Barnoxon
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish