Darsning mavzusi: Kvadrat tenglama va uning ildizlari.
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy:O’quvchilarni o’zaro hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Ta’limiy: DTS talablari asosida o’quvchilarga Kvadrat tenglama haqida tushuncha berish. Kvadrat tenglama qatnashgan tenglamalar yechishni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash,kompotenstiya hosil qilish.
Darsning usuli: Noan’anaviy( teleko’rsatuv).
Darsning uslubi: Interfaol.
Darsning jihozi: kompyuter,videoproyektor,tarqatmalar, mavzuga mos ko’rgazmalar.
№
|
Darsning borishi
|
Vaqt taqsimoti
|
I
|
Tashkiliy qism
|
10 minut
|
II
|
Yangi mavzu bayoni
|
12 minut
|
III
|
Mavzuni mustahkamlash
|
6 minut
|
IV
|
Mustaqil ish
|
9 minut
|
V
|
Qo’shimcha ma’lumotlar
|
6 minut
|
VI
|
Darsni yakunlash, uyga vazifa berish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
O ’qituvchi: Assalomu-alaykum, hurmatli tomoshabinlar va ishtirokchilar! Efirda “ O’yla, izla,top!” teleko’rsatuvi. Ko’rsatuvimizda 28 nafar ishtirokchi qatnashmoqdalar. Ularning qanday shart asosida o’z mahoratlarini ko’rsatishlari uchun ishtirokchilardan birini taklif etaman:
(Ishtirokchi savollardan birini tanlaydi: Shart : Shu yerda 45 minutlik algebra darsini tashkil qilish) Demak bugungi ko’rsatuvimizda ishtirokchilar algebra fani bo’yicha o’z bilimlarini namoyish etib , beshqirrali yulduzni qo’lga kiritishlari,ya’ni 5 ball olish uchun bellashadilar.
O’qituvchi: Hurmatli ishtirokchilar, agar hozir beriladigan savolimga javob bera olsangiz ayrim joylarda sizga ko’maklashim mumkin. (O’quvchilar-ishtirokchilar rozi bo’ladi).
O’qituvchi-olib boruvchi savol beradi: Algebra fanining asoschisi kim?
O’quvchilardan (ishtirokchilardan ) biri javob beradi va izohlaydi:
O’quvchi qo’shimcha qilib matematikaga ta’rif eradi va quyidagi slaydlar qo’yiladi:
So’ng dars boshlanadi:
O’quvchi: Kattalarni ko’rganda,
Salomni qilma kanda.
Sinfga kirsa agar,
Tur o’rningdan baravar.
Qo’limiz ko’ksimizda
Hamma: Assalomu alaykum
O’qituvchi: Va alaykum assalom
Joylaringga o’tirib oling.
Dars maqsadi e’lon qilinadi va slayddan ko’rsatiladi.
Darsning maqsadi:
A) Tarbiyaviy: O’quvchilarni o’zaro hurmat,Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
B) Ta’limiy: DTS talablariga ko’ra o’quvchilarga “Bir noma’lumli chiziqli tenglama mavzusini o’rgatish;
V) Rivojlantiruvchi: O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |