Sahna ko’rinishi
1 – boshlovchi: - Bir kuni Amir Tarag’ay ko’p qo’ylarni o’g’liga berib…..
Ota: - O’g’lim bu qo’ylarni bozorga etib sotib keling.
Temurbek: - Xo’p bo’ladi otajon
4 – Boshlovchi: - Temurbek qo’ylarni ming oltinga sotib oltinlarni beliga bog’lab, sayr qilib yurgan edi. O’sha yerda xushovoz bir qalandar odamlarga so’zlab turgan edi.
Qalandar: - Shul yozuvni qadriga yetib, kim ming oltinga olsa, dunyoning oxiriga yetadi
6 – boshlovchi: - Temurbekning himmati jo’shib…
Temurbek: - Mana bu ming oltinni olib menga shu hse’r bitilgan qog’ozingizni sotsangiz, mana sizga ming oltin
Boshlovchi:
Qalandar Temurbekka tikilib turdida nasl – nasabini so’radi. So’ng tayinladi:
Qalandar:
Otang oldiga borgil. Buni otang oldida o’qi, borguncha ochma.
Temurbek:
Boshlovchi:
Otasi qog’ozni o’g’lining qo’lidan olib uni o’qiy boshladi
Ota: - Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi. Jamshid Sulaymon, Iskandarlar o’tib ketdi. Navbat senga ham yetishi tayin. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir
Ota: - Mazmunidagi ruboiy ekan. Ruboiyning muallifi o’sha Qalandar alloma shoir Kamol Xo’jandiy ekan. Ul zotni man ko’p hurmat qilurman. Barakalla, o’g’lim, ko’p dono ishga oltinlarni sarf etibsan. Endi ming oltinga olgan ushbu hikmatlarga qat’iy rioya qilmoq lozimdir
Temurbek: Xo’p bo’ladi otajon
1 – o’quvchi: Temur –ozodlik va mustaqillik uchun kurashdi
2 – oq’uvchi: Temur – markazlashgan davlat asoschisi
3 – o’quvchi: Temur – ilm fan homiysi
4 – o’quvchi: Temur – insoniy fazilatlar egasi
5 – o’quvchi: Temur – barpo qilgan bog’lar hozir ham gullab – yashnab turibdi
6 – o’quvchi: Temur – adolatli hukmdor
7 – o’quvchi: Temur – barpo etgan yodgorliklar
8 – o’quvchi: Temurning Yevropa oldidagi xizmati
9 – o’quvchi: Temur – sarkarda
1 – boshlovchi: Bobomiz qadami tekkan yodgorliklarni ziyorat qilish, tadbirlar, ertaliklar o’tkazish bilan Amir Temur haqidagi bilimimizni, tasavvurimizni boyitaylik
2 – boshlovchi: Chunki, Amir Temur faxrimiz. U millatning g’ururi
Tariximizning yorqin yulduzi. Biz Amir Temur bobomiz davrini qanchalik yaxshi o’rgansak, tarix haqidagi tasavvurlarimiz shunchalik rivojlanadi. Sohibqiron bobomiz o’gitlariga qanchalik amal qilsak, shunchalik halol yashaymiz
1 – boshlovchi: Bobokalonimiz Amir Temurga bag’ishlangan tadbirimiz sizlarga manzur bo’ldi deb umid qilamiz
2 – boshlovchi: Endigi so’zni sinf rahbarimiz ___________________ga beramiz. Marhamat!
Maktab ma’muriyati va rahbariyatiga so’z beriladi va kecha yakunlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |