Darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi:
motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida ularning bilimlari o‘ajmini kengaytirishga imkon beradi;
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
muvofiqlashtirish vazifasi -material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa vositalari (haritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
rivojlantiruvchi -tarbiyalovchi vazifasi - darslik mazmunining o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat;
o‘qitish vazifasi - darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi.
Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
- o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
- o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
- multimedia (multimedia - ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
XULOSA
Umumiy o’rta talim maktablarida tarix darslarini olib borishda o’yin texnalogiyalarning shakli turlichadir. Biroq ularning barchasi o’z mazmuniga ko’ra yagona maqsad sari yo’naltiriladi. Yani ular o’qituvchining nazariy bilimlarini chuqurlashtirish kengaytirish egallangannazariy bilimlardan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko’nikmalarini hosil qilish, ularni ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, ijtimoiy faollikni shakllantirish, yetuk axloqiy sifatlarni tarkib toptirish, teran va sog’lom fikr, keng dunyoqarash egasi bo’lgan komil shaxsni kamol toptirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning bilim darajasini chuqur o’rganmasdan turib o’qitish jarayoniga maqsadli tasir qilish va o’quvchining bilimini chuqurlashtirib bo’lmaydi. Ko’pgina psixologlar va pedagoglarning fikriga ko’ra 11-14-yoshli o’quvchilarda aniq obrazli mushohada yetakchi bo’ladi va ularda mavhum mushohada ham mavjud bo’ladi. Shu sababli o’quvchilarni xulosalarga olib kelish tushunchalarni shakllantirish uchun yorqin, obrazli tassavurga suyanish lozim. O’qituvchining matndagi dalillarni quruq xira bir xil ohangdagi bayoni o’quvchi xotirasida hech qanday iz qoldirmaydi. Dalillar asosidagi tarixiy- voqea hodisalar matnni tashkil etadi. Tarix darsida tarixiy voqealar bayonida tarixiy shaxslar obrazlari ishtirok etadi. Ularning faoliyatini obrazli bayon qilish, xotirada qoldirish – eng oson yo’ldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |