1.2 O’quv predmetlari, darslik va uning tuzilishi, davlat talim standartlari Darslik o’quv jarayoning zarur qismidir. Ko’p vaqtlardan biri u o’qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Darslik- o’quvchilarning ikkinchi muallimi. Chunki u avvalo o’quvchi uchu zarur qo’llanmadir.
Darslik- davlat talim standarti, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan. Har bir o’quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga didaktik talablarga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklarni yangi avlodini yaratishda Davlat talim standarti talablari va o’quv dasturi hajmida meyorlangan o’quv yuklamasining modeli va taqdim etilayotgan o’quv materiallarning talimiy – tarbiyaviy qiymatligini taminlash parametrlariga, o’quvchilarni yangi bilim va axborotlar bilan qurollantirishning didaktik va texnalogik asoslariga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Darslik yaratish muamosining muhim masalalari sifatida quyidagilarni taminlash alohida ahamiyatga ega.
- o’quv fani asoslarining mazmuni, ya’ni o’quv modeli bilan o’quvchilar bilish faoliyati ko’rinishlarini uyg’un holda ifodalash.
- Ko’p tarmoqli o’quv materiallarini taqdim etish.
- Gippermatnlarni berish, multemedium yondashuvga asoslanish.
- Informatsoin banklarni taqdim etish.
- O’quv materiallarni texnik va texnalogik talablar asosida ifodalash.
- Talim jarayonini darsliklar o’quv qo’llanmalar, metodik vositalar, o’quv lug’atlari va diofilmlar bilan taminlashga erishish.
- Darslik va o’quv qo’llanmalari talim jarayoning axborotli moduli sifatida namoyon bo’lishini taminlash uchun keng ko’lamli tadqiqotlarni yo’lga qo’yish.
- Integrativ darsliklar yaratishni taminlash.
O’quvchilarning o’quv qo’llanmalaridan foydalanishlari ularning o’quv materiallari ustida tizimli ish olib borishlari ilmiy bilim ko’nikma va malakalar bilan yanada mukammalroq qurollanishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
O’quv adabiyotlarining shakllari. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlar va yangi o’quv uslubiy majmualar bilan to’liq taminlash vazifalari belgilandi. Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1998-yil 5- yanvar ,, Uzluksiz talim tizimini darslik va o’quv adabiyotlar bilan taminlashni takomillashtirish ‘’ to’g’risidagi qarori elon qilindi. Bunda o’quv adabiyotlari an’anaviy va elektron adabiyot shaklida bo’lishi ko’rsatildi.