Darsliklar o`quv qo`llanmalar va ularga qo`yilayotgan talablar mundarija kirish



Download 87,12 Kb.
bet5/8
Sana22.05.2023
Hajmi87,12 Kb.
#942415
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DARSLIKLAR O`QUV QO`LLANMALAR VA ULARGA QO`YILAYOTGAN TALABLAR

Davlat talim standartlari.
Davlat talim standartini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha talim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o’rta talim davlat talim standartida talim- tarbiya tuzilishi, o’quvchilarni rivojlantirish mazmuni, shakllari, metodlari, va vositalarida o’z aksini topgan tub o’zgarish maqsadlari nazarda tutilgan.
Umumiy o’rta talim davlat talim standartini joriy etish quyidagilarga yordam beradi.
1 Talim muassasalarning turlari, umumiy o’rta talim olish shakllari xilma- xil bo’lgan sharoitda O’zbekiston Respublikasida talimiy makon birligi.
2 Malum rag’batlantiruvchi omillar asosida o’quvchilarda o’qishga bo’lgan quyidagi ijodiy motivlarni shakllantirish.
A o’quv materiallarni tushunarliligini oshirish.
B o’quv yuklamasini meyorlashtirish.
S o’quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablarni va uni baholash mezonlarini anglab yetishlari.
3 Bir xillashtirilgan o’lchovlar va o’lchov tartiblari asosida o’quvchilarning tayyorgarlik sifatiga obyektiv baho berish.
4 Pedagog mehnati natijalarini o’quvchilar erishgan o’quv yutuqlarining davlat talim standartlariga mosligini hisobga olgan holda baholashga o’tish.
5 Asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
6 O’quv rejasida o’quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari va moyilliklariga ko’ra tanlab shug’ullanishlari uchun kafolatlangan vaqt ajratish.
Umumiy o’rta talimning vazifalari.
O’quvchilarning tizimli bilim olishlarini taminlash, ularda bu bilimlarni o’zlashtirish ehtiyojini o’stirish, tayanch o’quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va tevarak atrofdagi olamga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Talim tarbiyaning birligi, talim metodlari.
Har bir o’qtuvchi shuni anglab yetishi kerakki, o’quv jarayonini samarali qurish bu ishda o’zini oqlagan pedagogik qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishga ijodiy foydalangan holda ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir davridagi maktabning tarixiy tajribasi talim vazifasini malum bir tizimsiz bajarib bo’lmasligini ko’rsatadi. Talimda izchillikka rioya qilib o’qitish lozim toki, bugun o’rganilgan bilimlar kecha o’rganilganini mustahkamlasin, ertaga o’rganiladiganlariga zamin hozirlasin.
Tizimlilik va izchillik o’quvchilarda har qaysi o’quv fanlarining bir- biri bilan uzviy bog’liq bo’lishini ko’rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Talim va tarbiya asosiy qoidalardan hisoblanadi. O’quv fanlarining har biri hatto ayrim mavzu va mavzuchalar ham tarbiyalovchilik xususiyatiga ega. O’qitish jarayonida onglilik va faollik o’quvchilarning ilmiy bilimlarini hamda ularni amalda qo’llash, usullarini ongli va faol egallab olishini ularda ijodiy tashabuskorlik, o’quv faoliyatida mustaqillilik tafakkur, ilmiy dunyoqarash, etiqod tarkib toptirishni nazarda tutadi.
Inson ilmiy bilimlarni o’zlashtirib olishigina emas, balki bu bilimlarni amalda qo’llay olishi ham kerak. Talim jarayonida nazariya bilan, amaliyotning birligi, qoidasining izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida o’quvchilar o’quv materialining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ilmiy asosda atroflicha to’g’ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan mahorat, ko’nikma, va malakalar hosil qiladilar.
2.2. Maktabda o’quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli dars va unga qo’yilgan talablar.
Dars mashg’ulotlariga tayyorlanish o’quv yili boshlanguncha DTS va barcha sinflarning tarix kursi dasturlarini o’rganishdan boshlanadi. O’qtuvchi mavzular bo’yicha 5-9 sinflarga tizimli dars beradi. Bu hujjatlar asosida o’qituvchi dalillar va tushunchalar tizimini aniqlashtiradi. Ular o’quvchilarni bilimlari ko’nikmalari, shaxs sifatida rivojlana borishlari bilan o’rganish chuqurlashib boradi. Keyin o’qtuvchi bu tizimni maktab darsliklarida qanday aks etganini ularning strukturasi va mazmuni qandayligi, tarixiy materialni bayon qilish mazmuni metodik aparat o’rganiladi. Har bir sinfning aniq bilish imkoniyatlarini aniqlagandan so’ng o’qituvchi mavzularni rajalashtirish asosida dars bo’yicha rejani tuzadi. O’qitishni faqat materialni bayon qilish bilan cheklab bo’lmaydi. O’qitish o’qituvchi faoliyatini barcha bosqichlarini yaxlitligini talab qiladi. Bu darsga tayyorlanishdan boshlab uni o’tkazish va natijalari bilan tugaydi. Darsga tayyorlanishning har bir bosqichi qator funksiyalarni bajaradi. Tarixiy voqealarni aniqlashtirish va o’tmishning yorqin obrazlarini yaratish uchun bayon qilishda tarixiy qissa romanlardan tarixiy hujjatlar va memuarlardan foydalaniladi. Bu ayniqsa 5-6 sinflarda keng ishlatiladi. O’qituvchi tomonidan tarixiy materialni tushunarli, yengil, aniq, ko’rgazmali bayon qilishi lozim. Muamoli bayon qilish tarix darslarida muhim o’rin tutadi. Bu metod juda yuqori samara beradi. Shu sababli undan unumli foydalaniladi. Tarix darslarining barchasini ham bu metod bilan o’tib bo’lmaydi. O’qituvchi mavzu bo’yicha materialni to’g’ri tanlashi va muamoni puxta shakllantirishi lozim. Malum tarixiy davrga mansub odamlarning turmush tarzi to’g’risida tasavurlarni hosil qilishga yordam beradigan uy- ro’zg’or buyumlaridan foydalanish, uning o’ziga xosligi va manzarasini his qilishga yordam beradi. Aniqlashtirish vositalaridan biri bayon qilishda miqdoriy ko’rsatgichlardan foydalanishdir. Bu usul o’quvchilarning ko’pgina tarixiy hodisalarni oson o’zlashtirishga yordam beradi. Miqdoriy ko’rsatgichlardan meyorida foydalanish zarur. U salmoqli va o’quvchi uchun ishonchli bo’lishi lozim.
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda. Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Darslik – davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fanning asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan xamda turdosh ta’lim yo‘napishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr
Darslik tuzish har bir mutaxassisdan yuqori mas’uliyat, bilimdonlik, tajriba va bilim talab etadi va uni tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak har bir darslik yuksak g‘oyaviylik va ilmiylik asosida tuzilishi zarur. Dastur mazmuniga mos kelishi kerak;

  • qulay va ixcham bo‘lishi;

  • fikrlar aniq va ravshan, bilimlar jonli bo‘lishi;

  • uslubiy tomonlar kuchaytirilishi;

  • amaliy yo‘naltirilishi;

predmetlararo o‘zaro bog‘liqlik nazarda tutilishi zarur.
Har qaysi o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga hamda shu sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan bo‘lishi kerak.

  • Darslikda bayon kilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g‘oyaviy yo‘nalishi tizimli va izchil bo‘lishi, darslikda keltirilgan dalillarning ishonchli bo‘lishi, ular to‘g‘ri tahlil, anik ta’rif etilishi, tegishli xulosalar chikarilishi hamda shu orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib topishini ta’kidlashi lozim.

  • Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.

  • Darslikda bayon kilinayotgan materialning xarakteriga bog‘liq holda tegishli qoida va ta’riflar berilishi, dalillar keltirilishi hamda darslik yaxshi bezatilgan bo‘lishi, ba’zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshka illyustratsiyalar bilan boyitilishi talab etiladi.

  • Darslik o‘quvchilar tushunishi oson bo‘lgan jonli tilda yozilishi, ayni zamonda fikrlar anik va qisqa bo‘lishi kerak.

  • Darslikda ta’lim mazmunining muhim komponentlari o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim: tabiat, jamiyat, texnika, insoniyat, faoliyat usullari, tushuncha va iboralar to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, nazariya va qonuniyatlar, metodologik va qimmatli fikrlar bo‘lishi kerak.

  • Darslik materiallari o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, ma’naviyat, axloqiy-hulqiy tushuncha va odatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

  • Unda materiallarning izchil, sistemali bayon etilishiga, bilish metodlari bilan uzviy bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak.
  • Darslikda o‘quvchi ijodiy qobiliyatini, bilish imkoniyatlarini oshirish, mustaqil bilishni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar beriladi.


  • Metod – (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, ahloq usuli ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo’li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi.



  • Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.




  • Download 87,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish