207-modda. Xususiy mulk huquqi
Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining quyidagi moddalarini asos qilib olamiz
164-modda. Mulk huquqi tushunchasi
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
17-vaziyat.
M. ismli fuqaro, Yakkasaroy tuman Prokuraturasiga qo‘shnisi S.o‘z sherigi bilan birgalikda jinoyat qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini ma’lum qiladi. Prokuror tergovchiga S. ni hibsga olishni buyurdi.Aytingchi, prokuror to‘g‘ri buyruq berdimi?O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quyidagi moddasi
25-modda.
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18, 242,248 va 558-moddalariga qarang.
18-modda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish
Jinoyat ishini yuritish uchun mas’uliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan yoxud uy qamog‘ida bo‘lgan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, o‘zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali so‘zlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qo‘riqlanadi.
Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, ko‘zdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va ularni olib qo‘yish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim. 23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. 243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Qonunda nazarda tutilgan holatla r mavjud bo‘lganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamog‘ i tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamog‘iga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.
Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamog‘I tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa, qaror va ko‘rsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |