«Imom Buxoriyning otasi … edi, goho … bilan shug‘ullanardi».
A) muhaddis, tabib B) xudojo‘y, savdogar
C) muhaddis, tijorat D) savdogar, tijorat
15. «Qur’on» xalq orasida qanday nom bilan mashhur? A) «Kalomulloh» B) «Tafsir»
C) «Tafsiri Hilol» D) «Muqaddas kitob»
16. Zamondoshlari kimning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar?
A) Xorazmiy B) Ibrohim Buxoriy
C) Ismoil Buxoriy D) Ahmad al-Buxoriy
17. Imom Buxoriy necha yoshlaridan o‘z zehni va yod olish quvvati bilan ustozlarini shoshirib qo‘yardi?
A) olti yoshlaridan B) sakkiz yoshlaridan
C) o‘n yoshlaridan D) o‘n olti yoshlaridan
18. Imom Buxoriy qanday unvonlarga ega bo‘lgan? A) «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni»
B) «muhaddislar sultoni», «muhaddislar donosi»
C) «muhaddislar donosi», «muhaddislar imomi»
D) «muhaddislar podshosi», «muhaddislar sultoni»
19. Al-Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», – degan gaplarni aytgan?
A) Qo‘qon xoni Nasrulloning
B) Qo‘qon xoni Xudoyorxonning
C) Buxoro amiri Ahmad ibn Xoliqning
D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning
20. Hadisning mazmuni nima deyiladi?
A) hadis sanadi B) hadis musnadi C) hadis matni D) hadis mohiyati
21. Imom al-Buxoriyning onasi tushiga kirib: «Ey volida, duolaring sharofatidan Alloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!», – deb xitob qilgan payg‘ambar kim?
A) Muhammad alayhissalom B) Ibrohim alayhissalom
C) Yusuf alayhissalom D) Muso alayhissalom
22. Imom al-Buxoriy qancha ishonchli ulamodan hadis yozib olgan?
A) olti yuzdan ortiq B) yuzdan ortiq
C) mingdan ortiq D) ikki yuzga yaqin
23. Imom al-Buxoriy qaysi yurt va shaharlarni kezib ilm o‘rgangan? 1) Misr; 2) Marv; 3) Makka; 4) Madina; 5) Balx; 6) Hirot; 7) Bag‘dod; 8) Quddus; 9) Nishopur; 10) Basra; 11) Kesh.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
24. Imom Buxoriydan bizgacha qancha ilmiy asar meros qolgan?
A) 10 dan ortiq B) 20 dan ortiq
C) 40 ga yaqin D) 30 ga yaqin
25. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim?
«Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat
qilgan bo‘lur».
A) Ammor, muhaddis B) Abdulloh ibn Amr, sahoba
C) Abu Hurayra, sahoba D) Anas ibn Molik, sahoba
26. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, «Salom berish islom amallaridandir» hadisida uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lishi kimning tilidan aytiladi?
A) Ali B) Sahl ibn Sa’d
C) Ammor ibn Yosir D) A va C
27. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Ammor ibn Yosir kim? A) Alining yordamchilaridan, sahoba
B) Hazrat Usmonning yordamchilaridan, sahoba
C) Muhammad alayhissalomning yordamchilaridan
D) Abubakrning yordamchilaridan, sahoba
28. Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» …
A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom
bermoqlik».
B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom
bermoq».
C) «Insofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq».
D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq».
29. Hadisni to‘ldiring. «Birovni kurashib, yiqitgan polvon emas, balkim ... polvondir».
A) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchi odam
B) odamlarning gunohlarini o‘tuvchi odam
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchi odam
D) g‘azablangan vaqtida jahlini yutuvchi odam
.
30. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi va yana kimlarni yaxshi ko‘radi?
1) odamlarning gunohlarini o‘tuvchilarni;
2) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni;
3) g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni;
4) yetimning kafilini oluvchilarni;
5) g‘azabini yutuvchilarni;
6) gunohi azimlardan o‘zini olib qochuvchilarni;
7) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7
31. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, payg‘ambarimiz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib «ikkimiz jannatda yonma- yon yashaymiz» deb kimni nazarda tutgan?
A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni
B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni
D) yetimning kafilini olgan odamni
32. Al-Buxoriy hadislarida keltirilgan «qavl» so‘zining ma’nosi nima?
A) gap B) so‘z
C) naql D) va’da
33. Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal qilmaydiganlar nimaga o‘xshatiladi va qanday nomlanadi?
A) unumdor yerlarga, mo‘min B) qurg‘oq yer, fosiq
C) tekis yer, kofir D) unumdor yer, fosiq
34. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani (ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi?
A) ulamo, unumdor yerga B) fosiq, qurg‘oq qattiq yerga
C) kofir, qurg‘oq yerga D) mo‘min, unumdor yerga
35. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim?
Do'stlaringiz bilan baham: |