Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli foydaliligi



Download 3,72 Mb.
bet98/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

11.2. Buyumni taqsimlash, ayirboshlash va buyumning ijtimoiy me’yorli foydaliligi
Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday taqsimlanishi kerak? Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o’zi uchta – A, V va S ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bu erda A ancha muhim ehtiyoj, S esa unchalik ahamiyatli bo’lmagan ehtiyoj. Demak, ehtiyojlarning har birini qondirish uchun Z buyumi birligining me’yorli foydaliliklari har xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 8.1-jadvalga qarang).
11.1-jadval

A

V

S

4







3

3




2

2

2

1

1

1

Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo’lgach, odam uni A ehtiyojni qondirish uchun foydalanadi, negaki bu vaziyatda uning me’yorli foydaliligi eng yuqori – 4 shartli birlikka teng. Agar kishida 6 ta buyum birligi bo’lsa, unda ularning uchtasini u A ehtiyojni qondirishga ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga ishlatadi. Bunda ehtiyojlarning umumiy qoniqishi 16 shartli birlikka teng (barcha me’yorli foydaliliklarning yig’indisi). Bu erda shu narsani bilish qiyin emaski, buyumlarning boshqacha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli bo’lardi. Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil e’htiyojlar o’rtasida ratsional taqsimlanganda me’yorli foydaliliklar baravarlashadi:


MUa = MUb = Mus


Bozorda tovarlarni xarid qilishda umumiy foydalilikni maksimallashtirish uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak. Bunda xaridor qimmat tovar o’rniga arzonroq tovarlardan ko’proq sotib olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har biriga sarflangan har bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. Gossenning ikkinchi qonuni me’yorli foydaliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, ya’ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning me’yorli foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, go’sht yoki baliq sotib olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o’z foydaliligi bo’yicha, makaron yoki kartoshka sotib olishga sarflangan oxirgi pul birligiga teng bo’lishi kerak.


Iste’mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash mumkin:



bu erda: MU – ayrim tovarlarning me’yorli foydaliligi;


P – ularning narxi.
Shunday qilib, turli tovarlarning me’yorli foydaliliklari tenglashadi. Agar 1 kg apelsin 100 so’m, 1 kg ananas esa 300 so’m tursa, unda ananasning foydaliligi apelsinning uch karra ko’paytirilgan foydaliligiga teng. Shunday taqqoslashga muvofiq bozorda alohida tovarlarning narxlari o’rnatiladi, nisbatlar shakllanadi, nisbiy narxlar tashkil topadi. Natijada pul birligiga olinadigan har bir tovarlarning me’yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi.
Ijtimoiy me’yorli foydalilik. Bozorda har bir sub’ekt o’ziga keragidan ortiqcha tovarlarini (sub’ekt uchun me’yorli foydaliligi nisbatan katta bo’lmagan) sotish va o’zi ehtiyoj sezgan tovarni (uning me’yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish yuritadi. Kishilarning manfaatlari to’qnashadi va iste’molchilar bilan sotuvchilarning sub’ektiv baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta sotuvchi (uning uchun sotilayotgan tovarning me’yorli foydaliligi, masalan, 100 pul birligiga teng) va bitta (300 pul birligiga teng) xaridor bo’lsa, unda narx 100 dan 300 gacha bo’lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha ko’p bo’lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi (Edjuort teoremasiga muvofiq).
E.Bem-Baverk o’nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot bozorini misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o’zining yuqori narx chegarasiga ega («undan qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa quyi narx chegarasiga («undan kamiga sotmayman»). 2-jadvalga qarang. Bir ot uchun belgilangan narx 120 pul birlik bo’lganda bozorda 10ta xaridor va 2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan oshib ketadi va narx, albatta, ko’tariladi (xaridorlar o’rtasida raqobat natijasida).

Xaridorlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Qimmat bo’lmasin (pul birligidan)

300

280

260

240

220

210

200

180

170

150

Sotuvchilar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Arzon bo’lmasin (pul birligidan)

100

110

150

170

200

215

250

260







Agar narx, masalan, 250 pul birligi darajasida o’rnatilsa, unda bozorda 7 ta sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib ketadi. Endi sotuvchilar o’rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul birligidan sal pastga tushishi bilanoq, bu erda sotuvchilar bilan xaridorlar soni tenglashadi (oltitaga oltita).
Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul birligi o’rtasida o’rnatiladi. Ana shu narx, faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, mazkur bozordagi pul birligiga nisbatan otning me’yorli foydaliligini ifodalab beradi: bu narxdan kamiga hech kim sotmaydi, bu narxdan yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy me’yorli foydalilikdir.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish