Neoklassik nazriyaga Veblenning tanqidiy qarashlari Veblen neoklassikal atamani iqtisodiy nazariya klassik ajdodlariga alohida e’tibor berish uchun kiritdi. Uningcha klassikal va neoklassikal yo’nalishlar ilmiy asoslanmagan edi. Uning neoklassikaga tanqidiy yondashuvi ishlarida ham ko’rinib turar edi. Veblen tizimda kichik o’zgarishlar qilishgan: misol uchun tizimdagi kichik mantiqiy kamchiliklarni tuzatishga qiziqmas edi. U neoklassika markaziga zarba berdi. Uning ta’limoti asoslari ilmiy asoslanmaganligini tasdiqlab berdi. Nazariy tuzulmaning asosiga bunday hujum unda ta’lim olganlarni ikki tanlov orasida qoldiradi: ular tanqidlarga qo’shi-lishlari va uning asosida o’zgartirilgan muqaddimadan yangi nazariyaga asos solishlari yoki tanqidlarni rad etishlari mum-kin. Nazariy tuzilmaning asosiy bosh muqaddimasini tan oluvchi lekin yangilarini taklif etuvchi tanqidiy qarash nisbatan mantiqiydir. Tajribaga asoslangan to’g’ri xulosalar ham inkor etilishi yoki qabul qilinishi mumkin. Lekin bu holda qabul qilish qoidalar bilan ishlaganlar uchun biroz yengilroq. Chunki bu ularning shug’ullanishlarida va mo’ljal olishlarida kuchli ta’sir qiladigan qayta tuzilishlarga olib kelmaydi. Veblen Smit asos solgan muqaddimaga qo’shilgan holda klassik iqtisodiyotning nazariy asosini yuksaltirmoqchiligi bilan Marshal ham, Rikardo ham Keynes ham o’xshamas edi. U mavjud tizimni buzib, iqtisodiyotdan, antropologiyadan, sotsiologiya, psixologiya va tarixdan mustaqil bo’lgan yaxlit ijtimoiy bir fanga asos solmoqchi edi. Uning ortodoksal qarashlar bilan bir qatorda yetakchi noortodoksal qarashlarni ham tanqid qilgani qiziq, sababi ikki tarixiy maktab va Marksistlar tub farazlari va prokonsepsiyalari (oldindan paydo bo’lgan noto’g’ri fikr) fanga asoslanmaganligidan yetarlicha takomillashmagan deb hisobla-gan.
Smit iqtisodiyotni va jamiyatni tahlil qilishdan oldin yaxshi natijalarga erishish maqsadida jamiyatni ilohiy kuchlar tashkil etgan degan prokonsepsiyaga asoslangan edi. Keyincha-lik bu farazlar o’rnini fizikadagi kabi tabiiy qonuniyatlar iqtisodiyot va jamiyatshunoslikda ham paydo bo’ladi va zamonaviy kashfiyotlar va izlanishlar bu kuchlarning ishlashini tushuntirib beradi degan qarash egalladi.
Veblenning fikricha Smitdan Marshalgacha bir farazga asoslanilgan: tizimda mo’tadillik bor yoki Veblen aytganidek “murosasiz yo’nalish”. Bu Smitning tabiiy qiymat tushunchalarida va mavjud jaholatni jamiyat foydasiga hal qiluvchi ko’rinmas qo’l ishlarida paydo bo’ladi. Marshal nazariyasi bu qarashga normal baho berish, mo’tadillik va bundan kutiladigan foydali natijalarni mukammal bozorlar raqobatida uzoq vaqtli muvozanatlarini aks ettiradi. J.B.Klarkning uzoq davom etadigan raqobat muvozanati iqtisodiyotda haqqoniy foyda keltiradi. Veblenning fikriga ko’ra esa ortodoks nazariyasi qo’llaydigan mo’tadillik talabga javob berar edi, muvozanat yaxshi ekanligini tasdiqlashlarsiz nazarda tutardi va bozorlar muvozanatidan kelib chiqadigan natijalar jamiyat uchun foydali edi. Endi bunga boshqa nuqtai nazardan qarab, Veblenning ortodoksal nazariyaga boshqa tanqidlariga e’tibor beramiz. Veblenning xulosasiga ko’ra falsafa va biologiyadan tushunchalar olish ortodoksal nazariyani teleologikal va shundan Darvindan oldingi nazariyaga aylantiradi. Buning teleologikal bo’lishi iqtisodiyotni oldinga va orqaga harakat qiladiganday tasvirlashida edi. Uzoq davom etgan muvozanat – u amaliy jihatdan muvaffaqiyatli emasdi, lekin tahlil boshlanishidan oldin berilardi. Uning nazariyasi Darvindan oldingi edi sababi Veblen Darvin nazariya-sini quyidagicha tushuntiradi: evolyutsia - bu mexanik jarayon bo’lib, tirik jonzot-lar atrof muhit sharoitiga ko’ra vaqt o’tishi bilan rivojlanadi. Evolyutsiyaning hech qanday maqsadi va loyihasi bo’lmaydi.
Klassik tushuncha ham iqtisodiyotning doimiy o’zgarishi va rivojlanishini tan olishni rad etishda va turg’un ko’rinishiga diqqat qaratishi bilan Darvindan oldinda edi. Ushbu klassik tushuncha, Darvindan oldingi iqtisodiy nazariya bo’lib, Veblen qarshi chiqqanidek iqtisodiy va ijtimoiy evolyutsiyani Darvinning dinamik tahlillari bilan almashtirilishi kerak. Veblen xuddi shu qarashni biologik terminalogiyada ham ortodoksal nazariyani sistemalashtirilganligiga shubha bilan qaradi. U iqtisodiyotni va uning jabhalarini klassifikatsiyalaydi lekin yaxlit rivojla-nishiga, o’zgarayotgan tashkilotlarga ma’lum tushuncha bermaydi. Qiymat nazariyasidagi qarashlarga ko’ra, ortodoksal iqtisodiyot ko’plab keltirilgan va o’zgarmas narsalarni taxmin qiladi (misol uchun, xaridorning afzal ko’rishi, texnalogiya, jamiyat va iqtisodiyotning tashkil etilgan bitishuvlari va hokozo). Veblen, iqtisodchilar faqatgina qiymat va taqsimot tuzilishini emas, ular doimiy ravishda qo’llaydigan omillarni har tomonlama o’rganib chiqishlari kerak deb hisoblaydi. U Marshalning harakatlari statik tahlildan burilishi uchun ba’zi so’zlari bor edi, lekin Marshal o’z harakatlarida omadsiz edi deb xulosa qiladi.
Veblenning iqtisodiyotga ilmiy asoslanmagan deb qarashi uning Adam Smitning ko’rinmas qo’l konsepsiyasini oqlama-ganligida edi. Pul ishlash, tovar ishlab chiqarish bilan teng bo’lishi kerak degan nazariya hech qachon sinab ko’rilmagan farazga asoslangan edi. Ortodoksal nazariyaga asoslanganda biznesmen foyda ortidan quvib, iste’molchi istagandek arzon narxdagi tovarlarni ishlab chiqaradi. Raqobatbardosh bozorlar jamiyat qiziqishlariga asoslanib, biznesmenning shaxsiy qiziqishlarini yaratadi. O’z qiziqishi ortidan har bir biznesmen ijtimoiy tovarlarni targ’ib qiladi. Bu o’y, Veblen Angliyaning boy oila farzandlari qatnaydigan Karlton kollejiga borish uchun, Minisotadagi Lyuteran oilasini yoshligida tashlab ketgan vaqtlarida hayoliga kelgan edi29. XIX asrning so’nggi choragidagi korparatsiyalar va javobgarlik shakllarining hajm va kuch jihatidan o’sishi ham Veblenga ta’sir qildi. Qo’shimcha qilib aytganda, agrar xo’jalikning tadbirkorlikka qarab yo’nalishi – temir yo’l, ferma uchun zarur bo’lgan uskunalar ishlab chiqaruvchilar va banklar oilasiga katta ta’sir o’tkazishi kerak edi.
Veblen Adam Smit davrida jamiyatga xizmat qiluvchi tovarlar ishlab chiqarish va foyda olish orasida yaqin aloqa bolganligini e’tirof etadi. Lekin bu iqtisodiyot rivojlanishi bilan o’zgardi. U tovar ishlab chiqarish bilan band bo’lgan – ishlab chiqarish menedjeri, nazoratchi, ishchilar va boshqarishda band bo’lganlar orasiga chegara chizadi. Tadbirkorlikning maqsadi, moddiy foyda, Veblen foyda ortidan quvish natijasida zarar ko’rgan umumiy qiziqishlarni misol keltiradi. U qarashlarida ishlab chiqarishni kamaytirish orqali foydani oshirish jamiyat uchun zararli deb hisoblaydi. Veblen davrida qurilgan ulkan korporatsiyalarning maqsadi samaradorlikni oshirish emas balki monopoliyani qo’lga olish va tovar ishlab chiqarishni qisqartirish edi. U firma-larning reklama harakatlari va jamiyatga qancha-lik xizmat qila olishlari qobiliyatini ko’rib chiqdi. Xalqaro bozorlarda firmalar o’rtasidagi raqobat kelishmovchilik va hattoki urushlarga olib kelardi. Sanoat boshliqlarining moddiy harakat-lari muqarrar ommaviy ishsizlikka olib kelardi. Aslida Veblen ortodoksal farazning mukammal raqobatbardosh bozorlar va biznes-menlar nazorati ostida bozorlarning jamiyat uchun kerakli natijalarni ko’rsatishi haqidagi fikrlarini rad etdi. Ortodoksal nazariya kapitalizm ostida samarali taqsimot bilan hamjihatlikka erishganini Veblen biznesmenlarning foyda maqsadi-da sistemada bo’ysunmasliklari va hattoki turg’unlikka olib kelishini noto’g’ri deb topdi.
Veblenning fikriga ko’ra Darvinga qadar bo’lgan ortodoksallikning teologikal prokonsepsiyasi iqtisodiyotning fizika va biologiya bilan bir qatorda rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. Ortokodsal nazariya psixologiya, jamiyatshunoslik va antropolo-giyaning rivojlanishini bee’tibor qoldirish va inson tabiatiga asoslangan ilmiy bo’lmagan g’oyalarga asoslanib qurilishida xatolarga yo’l qo’ygan edi. Veblenning fikriga ko’ra ortodoksal nazariya gedonizm kabi insonlarni rohatini ko’paytirib, qiyinchiliklarni kamaytirishga chorlaydi. Bu farazdan iqtisodchilar to’g’ri mantiqiy davomini chiqaradilar. Mantiq xato emas edi, lekin g’oya noto’g’ri edi. Veblen ortodoksal nazariyani tahlildan mavhumlashgan insonlar o’rganadigan fan deb e’tirof etadi. U o’zining ba’zi bir kesatiqli maqolalaridan birida iste’mol-chini mazax qilib shunday deydi: Veblenning ortodoksal nazariyaga yakuniy tanqidiy xulosasi, birining boshqasidan kamroq bayon etilganligi, iqtisodiyot nazariyasini iqtisodiyot dalillari bilan murosaga keltirish uchun nuqson bo’ldi. Veblenning yozganlari tajribaviy ishlar uchun muhim vaj va induktiv tadqiqot uchun yaxshiroq turtkini o’z ichiga oladi.