Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari



Download 3,72 Mb.
bet84/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga hosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, ijtimoiyist-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbai mehnat deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish haqiga va er rentasiga bo’lgan xarajatlaridan tashkil topadi degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniq qilib ko’rsatib berdi. «Foydalilik – bu qimmat o’lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. Lekin bu xususda iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha yirik mutaxassis M.Blaugning yozishicha, «talabning to’yinish darajasini izohlab berishda foydalilikning pasayib borishi tushunchasi ishlatilmagan foydalilikka asoslangan qimmat kontseptsiyasini bahoning shakllanish nazariyasi hisoblash noo’rin».
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e’tibor bergan. Uning tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, kapitalistlar va er egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «er» omili er egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi. (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi deyiladi). J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, er) ishchilar, kapitalistlar va er egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o’tadi.
Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o’zaro ta’sirda bo’ladilar va bir-birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to’ldirib turadilar.
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to’lanadigan haq. Uning fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’pchiligi «yuqori sinf» safini to’ldirib boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko’proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqtisodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga olinadi.
J.B.Seyning o’tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar qishloq xo’jaligini) ajratib ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat «yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga ko’ra, to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birinchi navbatda J.B.Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday yondashuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi hisoblanadi.




    1. Download 3,72 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish